Siz ham fantastik hikoya yoza olasizmi? Oʻz xayolingizdagi fantastik hikoyani
yozishga harakat qiling. Agar sizda hech qanday gʻoya boʻlmasa, oʻzingiz
eshitgan yoki oʻqigan fantastik hikoyangiz haqida yozing.
Bu oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga qaratilgan topshiriq boʻlib, oʻquvchilar dars
davomida oʻzlashtirgan bilimlari hamda fantastikaga qiziqishlari asosida fantastik
hikoya yozishlari lozim. Bunda internet saytlari, kitob, gazeta-jurnallardan fantastik
asar qanday boʻlishi kerakligi haqida qoʻshimcha maʼlumot toʻplashlari aytiladi.
Bu topshiriqdan asosiy maqsad, ijodkor yoshlarni
qiziqishlariga asosida
tarbiyalashdan iborat.
3-soat
DARS JARAYONI
Kirish.
“Falsafa toshini qidirib” matnidan nimalarni bilib oldingiz?
Asosiy qism.
Leksikologiya.
“Falsafa toshini qidirib” matnidan olingan gaplar tarkibida ajratib
koʻrsatilgan soʻzlarning maʼnodoshlarini yozing.
Mazkur topshiriqda har bir gap tarkibidan ayrim soʻzlar ajratib koʻrsatilgan.
Oʻquvchilar dastlab, gaplarni oʻqib
chiqishlari, soʻngra pastda berilgan jadvalga
ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning maʼnodoshini topib, yozishlari aytiladi. Bu
jarayonda lugʻatdan foydalanishlari mumkin. Asosiy eʼtibor, soʻzning
gapdagi
maʼno-mazmuniga, yaʼni kontekstual maʼnosiga mos maʼnodoshini topishlariga
qaratiladi.
Javob:
Tarix
Olim
Podsho
gʻalati
oltin
gʻaroyib
oʻtmish
fozil kishi
Shoh
qiziq
tilla
ajoyib
Do'stlaringiz bilan baham: