Quyidagi parchada ajratilgan soʻzlarni matn mazmunini saqlagan holda
boshqa soʻzlar bilan almashtirib, koʻchiring.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning dars davomida maʼnodosh soʻzlar imlosini
oʻzlashtirgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Bunda oʻquvchilar berilgan
parchani oʻqib, ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning oʻrniga maʼnodoshini qoʻyib
koʻchirishlari lozim. Bu jarayonda lugʻatdan foydalanishlari mumkin. Asosiy eʼtibor
kontekstga mos soʻzni ishlata olishlariga qaratiladi.
Leksikologiya.
Matnda sonlar ishtirok etgan gaplarni koʻchiring. Quyida berilgan raqamli
birikmalar ishtirokida gaplar tuzib yozing.
Ushbu topshiriq sonlar imlosini oʻzlashtirishga qaratilgan boʻlib, oʻquvchilar
rim raqamlarning, sonlar bilan birga qoʻshtirnoq, chiziqchaning ishlatilishini amaliy
topshiriq orqali oʻzlashtirishlari maqsad qilingan.
Oʻquvchilarga dastlab, matn tarkibidan sonlar ishtirok etgan gaplarni
koʻchirib yozishlari, soʻngra berilgan raqamli birikmalarni maʼnosiga moslab,
kontekstda toʻgʻri qoʻllab, gap tuzishlari aytiladi.
Yozma nutq. Matn yaratish.
Biror taomning tayyorlanish jarayoni haqida hisob-oʻlchov soʻzlardan
foydalanib matn tuzing. U quyidagi qismlardan iborat boʻlishi lozim.
Bu topshiriq oʻquvchining mustaqil izlanib, ijodiy yondashishiga qaratilgan.
Bunda dastlab, taom tayyorlanish yoʻriqnomasi haqida maʼlumot toʻplashlari
aytiladi. Bu jarayonda taomnoma kitoblari, internet saytlari hamda oila aʼzolari
bilan suhbat orqali maʼlumot toʻplashi maqsadga muvofiq. Soʻngra toʻplagan
maʼlumotlari asosida berilgan yoʻriqnomadan foydalanib, matn yozishlari hamda
matnda hisob-oʻlchov soʻzlardan oʻrinli foydalanishi lozim.
4-soat
DARS JARAYONI
Do'stlaringiz bilan baham: |