oʻquvchiga soʻzning oʻz va koʻchma maʼnosi haqida misol orqali nazariy maʼlumot
berish maqsadga muvofiq.
Masalan, oltin – qimmatbaho, nodir metall, uni koʻrish,
ushlash mumkin. Zar, tilla deb ham yuritiladi. Bu oltin soʻzining oʻz maʼnosi
deyiladi. Endi xalq orasida, kattalar nutqida: oltin davrim, oltin fikrlar, oltin soʻz
degan jumlalarni eshitgansiz. Bu jumlalarga oltin soʻzining qimmatbaholigi koʻchib
oʻtgan boʻlib, bu soʻzlarni koʻchma maʼnosi deyiladi.
Morfologiya.
Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning belgisini bildirib kelgan soʻzlarni aniqlang,
ularni birgalikda koʻchiring.
Matnda ajratib koʻrsatilgan soʻzlar berilgan boʻlib, oʻquvchilar ushbu soʻzlarni
aniqlab, belgisini ifodalagan soʻz bilan birgalikda koʻchirib yozishi lozim.
Bunda asosiy eʼtibor ajratib koʻrsatilgan soʻzlarga soʻroq bera olish, hamda uni
oʻzi birikkan soʻz bilan birgalikda topib yozishiga qaratiladi.
Javob: afsonaviy tosh, tarixiy laboratoriya, nomaʼlum moddani, ajib
kashfiyotlarga, ajabtovur tajriba, shifobaxsh dorilar, kimyoviy moddalar, gʻalati
tosh, suyuq metall, gʻaroyib metall, kimyoviy elementlar, foydali moddalar,
zamonaviy kimyo.
Morfologiya.
Yozib olgan soʻz birikmalaringiz tarkibidagi yasama sifatlarni asos va
qoʻshimchalarga ajrating.
Bu yuqoridagi topshiriqning davomi boʻlib, bunda oʻquvchilar
yozgan
birikmalari tarkibidan yasama sifatlarni aniqlab, ularni asos va qoʻshimchalarga
ajratib yozishlari lozim.
Javob: afsonaviy – afsona+viy, tarixiy – tarix+iy, nomaʼlum – no+maʼlum,
shifobaxsh – shifo+baxsh, kimyoviy – kimyo+viy, foydali – foyda+li, zamonaviy –
zamona+viy.
Do'stlaringiz bilan baham: