Mendeleyevning davriy qonuni


D.I.Mendeleyevning kimyoviy ekementlar davriy sistemasi


Download 274 Kb.
bet2/11
Sana20.06.2023
Hajmi274 Kb.
#1636213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mendeleyevning davriy qonuni

D.I.Mendeleyevning kimyoviy ekementlar davriy sistemasi.
Hozirgi vaqtda davriy sistemani tasvirlashning 500 dan ortiq varianti bor. D.I.Mendeleyev 1869-yilda taklif etgan kimyoviy elementlar davriy sistemasining birinchi variant uzun shakldagi variant deyiladi. 1870- yil dekabr oyida olim davriy sistemaning ikkinchi varianti – qisqa shakl deb atalgan variantini e’lon qildi. Davriy sistemaning qisqa varianti 7 ta davr, 10 ta qator va 8 ta guruhdan tuzilgan. Ushbu qisqa variant keng tarqalgan, lekin asosiy kamchiligi – o’xshash bo’lmagan elementlar bitta gruppaga birlashganidir, ya’ni unda bosh va yonaki guruppachadagi elementlarning xossalari bir biridan keskin farq qiladi.
Uzun variantning asosiy kamchiligi - cho’ziqligi, ixcham emasligi hisoblanadi. Bu variantni ancha ixchamlashtirish uchun ko’pincha 6 – davrdagi lantanoidlar va 7 - davrdagi aktinoidlar sistema ostida alohida joylashtiriladi. Bu variant ba’zan yarimuzun variant deyiladi.
Davr elementlarning ishqoriy metal bilan boshlanib inert gazlar bilan tugovchi gorizontal qatoridir. I, II va III davrlar kichik davrlar deyiladi.II va III davrdagi elementlarni D.I.Mendeleyev tipik elementlar deb ataydi. IV, V, VI va VII davrlar esa kata davrlar deyiladi va ular ikkita : juft (yuqorigi) va toq (pastki) qatordan tashkil topgan. Katta davrlarning juft qatorida faqat metall joylashgan va elementlarning xossalari qatorda chapdan o’ngga o’tib borishda kam o’zgaradi. Katta davrlarning toq qatorida esa elementlarning xossalari chapdan o’ngga tomon tipik elementlardagi kabi o’zgarib boradi.
VI davrda lantandan keyin tartib raqamlari 58-71 bo’lgan 14 ta element joylashadi, ular lantanoidlar deb ataladi. Lantanoidlarning kimyoviy xossalari bir biriga juda o’xshashdir. Masalan ularning hammasi reakisiyaga kirishuvchan metallar hisoblanadi, suv bilan reaksiyaga kirishib, gidroksid hamda vodorod hosil qiladi. Bundan lantanoidlarda gorizantal o’xshashlik yaxshi ifodalangan, degan xulosa kelib chiqadi. Lekin aktinoidlar lantanoidlardan farq qilib ularda gorizantal analogiya zaif ifodalangan. Ular birikmalarda turli oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan, aktiniyning oksidlanish darajasi +3, uranniki esa +3, +4, +5 va +6. Aktinoidlarning yadrolari beqaror bo’lganligi sababli, ularning kimyoviy xossalarini o’rganish juda murakkab ishdir.
Guruh – elementlarning davriy sistemadagi vertikal (tik) qatoridir. Guruh raqam elementlarning birikmalarida namoyon qiladigan oksidlanish darajasi bilan bog’liq. Odatda, eng yuqori oksidlanish darajasi gruppa raqamiga teng. Ftor bundan mustasno – uning oksidlanish darajasi -1 ga teng; mis, kumush, oltin +1, +2 va +3 oksidlanish darajalarini namoyin qiladi; VIII gruppa elementlaridan osmiy, ruteniy va ksenon +8 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
VIII gruppada nodir gazlar joylashgan bo’lib ilgari ular kimyoviy birikma hosil qila olmaydi, deb hisoblanar edi. 1962- yida nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasi – ksenon tetraftorid XeF4 olindi.
Modda xossalarini davr va guruhlarda o’zgarishi;
DAVRLARDA: chapdan ongga tomon metallik, asosli xossalar, ion va atom radius kamayadi, metallmaslik, kislatali xossa, oksidlovchilik xossa va elektromanfiylik qiymati ortadi.
GURUHLARDA: yuqoridan pastga tomon metallik, asosli xossa, ion va atom radius ortadi, metallmaslik, kislatali, oksidlovchilik xossalar va elektromanfiylik qiymati kamayadi.


Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling