Mendeleyevning davriy qonuni


Download 274 Kb.
bet7/11
Sana20.06.2023
Hajmi274 Kb.
#1636213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mendeleyevning davriy qonuni

Gund(Xund) qoidasi.

Gund qoidasiga ko‘ra еnergiyalari bir xil bo‘lgan orbitallarda elektronlar
shunday tartibda joylashadiki, natijada spinlar yig‘indisi maksimal qiymatga
ega bo‘ladi. Shuning uchun ham orbitallarda elektronlar avval toq holatda keyin juft holatda to’lib bordi. Masalan,


Radioaktivlik. Yadro reaksiyalari
Radioaktivlik ( faol nur chiqaruvchi) deb bir element atomining elementar zarrachalar ajratib boshqa element atomiga aylanishiga aytiladi. Radioaktivlikni 1869 – yili uran tuzlarini nurlanishini o’rganish payitida A.Bekkerel kashf etgan. Fan fidoyilari, Nobel mukofoti sovrundorlari Mariya Skladoviskaya- Kyuri va Pyer Kyuri 4 yil davomida uran rudalari chiqindilarini labaratoriyada qayta ishlab, radioaktivligi urannikidan ham yuqori bo’lgan radiy va poloniyni kashf etganlar. Hozirgacha elementlarning 300 ga yaqin barqaror izatopi, 50 ga yaqin tabiiy radioaktiv izatopi aniqlangan, 1500 ga yaqin radioaktiv izatoplar sintezlangan.
Radioaktiv elementlar – barcha izotoplari radioaktiv –o’z-o’zidan parchalanadigan elementlardir. Atomda neytronlar soni protonlar sonidan 1.5 marta va undan ortiq bo’lsa, bunday element radioaktiv bo’ladi, ya’ni o’z-o’zidan yemiriladi.
Radioaktiv elementlar 2 xil bo’ladi: tabiiy radioaktiv elementlar va sun’iy radioaktiv elementlardir.
Radioktivlik hodisasining sababi yadro reaksiyalaridir. Yadro reaksiyalari -elementning radioktiv nurlar chiqarib, boshqa element izotopiga aylanishi. U kimyoviy emas fizik hodisadir. Chunki kimyoviy reaksiyada atom boshqa atomga aylanmaydi. Bu reaksiyalarda qudratli yadro kuchlari hisobiga juda katta energiya ajraladi.
Radioaktiv reaksiyalar ham 2 xil: tabiiy va sun’iy bo’ladi.

Tabiiy yadro reaksiyalari o’z-o’zidan tabiatda sodir bo’ladi va birinchi tabiiy yadro raksiyasini 1898-yili Mariya Skladovskaya-Kyuri aniqlagan.





1919-yilda Rezerford azot atomlarining yadrolarini α-zarrachalar bilan bombardimon qilib, birinchi marta sun’iy ravishda yadro reaksiyasini amalga
oshirdi:

Sun’iy radiaktivlik hodisasi esa 1934-yilda Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri tomonidan kashf etilgan.

Elementlaming sun’iy yo‘l bilan olingan radioaktiv izotoplari,ko‘pincha, yo elektron yoki pozitron chiqarib yemiriladi.Radioaktiv izotoplaming og‘irlari β- yemiriladi, yengilroqlari esa β+ yemiriladi, a-yemiriladiganlari oz bo‘ladi. Yadro reaksiyalarining tenglamalarini yozish massa va zaryadning saqlanish qonuniga
asoslangan. Bu degan so‘z, tenglamaning chap qismida massalar yig‘indisi bilan zaryadlar yig'indisi tenglamaning o‘ng qismidagi massalar yig'indisi bilan zaryadlar yig'indisiga teng bo'lishi kerak, demakdir

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling