Mendeleyevning davriy qonuni


Download 274 Kb.
bet10/11
Sana20.06.2023
Hajmi274 Kb.
#1636213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mendeleyevning davriy qonuni

Kovalent bog’lanish – atomlarning umumiy elektron juft hosil qilish yo’li bilan bog’lanishidir. U ikki xil bo’ladi: qutbsiz va qutbli.
1) qutbsiz kovalent bog’lanish - elektron berish yoki elektron qabul qilish xususiyati bir xil bo’lgan yoki bir biridan kam farq qiladigan element atomlari orasidagi bog’lanishdir.
Ko‘pgina elementlaming atomlari o‘zaro birikib molekula hosil qiladi va bu qutubsiz kovalent bog’lanishga mison bo’ladi. Masalan, H2, F2, Cl2, O2, N2, Br2, I2 Har birida bittadan elektroni bo’lgan ikki vodorod atomlari o‘zaro yaqinlashganda
vodorod molekulasi (H2) hosil bo’ladi: H°—H° H : H.
Vodorod molekulasida bir juft elektron ikki yadro orasida aylanib, elektron buluti fazoda ikkala atom yadrosiga nisbatan simmetrik taqsimlanadi. Har qaysi vodorod atomining radiusi 0,53 A ga teng. (1A ) = 108 sm.

Vodorod molekulasidagi yadrolar orasidagi masofa esa 0,74 A . Vodorodning ikkita atomidagi bittadan elektron o‘zaro birlashib, elektron juft hosil qiladi. Bu elektronlar ikkala atomning yadrosiga tegishli bo‘lib, ikkala yadro atrofida aylanadi va bu elektronlar umumiy juft elektron deb ataladi.


Xlor molekulasida ham kovalent bog’lanish ikkita umumiy elektron,
ya’ni elektronlar jufti yordamida amalga oshiriladi:

Ikkita azot atomidan azot molekulasining hosil bo’lishini ham quyidagi


ko'rinishda yozish mumkin:

Azot molekulasida uch karrali bog‘ning borligi uning molekulasiga juda katta mustahkamlik beradi va u kimyoviy reaksiyalarga qiyin kirishishini ifodalaydi.


2) qutbli kovalent bog’lanish - elektron berish yoki elektron qabul qilish xususiyati bir-biridan farq qiladigan, lekin bu farq ion bog'lanish darajasiga yetmagan element atomlari o'zaro birikkanda hosil bo’ladigan bog’lanish turidir. Qutbli kovalent bog‘lanishli birikmalarda elektronlar uzilmaydi va ular biriktirib olinmaydi. Ikki element elektronlaridan hosil bo’lgan juft elektronlar qutbsiz kovalent bog’lnishdagi kabi shu ikki elementga taalluqli bo’lib, ular atomlarining yadrolari atroflda aylanadi, faqat juft elektronlar metallmaslik xossalari kuchliroq clement tomonga siljigan ya’ni qutblangan bo’ladi. Uchuvchan anorganik birikmalarning molekulalari: HF, HClO, HJ, HBr, HCI, H2O , H2S, NH3 va boshqalar bunga misol bo'la oladi.
Elementlaming elektromanfiyliklari farqi qancha katta bo’lsa (davriy jadvalda bir-biridan qancha uzoq joylashsa), ular orasidagi bog‘ning qutbliligi shuncha yuqori bo’ladi. Masalan, quyidagi qatordabog'ning qutbliligi ortib boradi:
CH4; NH3; H2O; HF
Kovalent bog‘lanish hosil bo‘lishining boshqacha – donor-akseptorli mexanizmi
ham bo‘lishi mumkin.

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling