Pog’onadagi orbitallarni topish formulasi = n2. Masalan n ning qiymati birga teng bo’lsa (12= 1) unda bitta orbital mavjud bo’ladi va bu orbital s orbitaldir.
n = 2 bo’lsa, 22 = 4 ga teng unda bitta s va 3 ta p orbital mavjud bo’ladi. Agar n ning qiymati 3 ga teng bo’lsa, 33= 9 va bunda 1 ta s, 3 ta p va 5 ta d orbital mavjud bo’ladi. N =4 bo’lsa, 42 = 16, bunda 1 ta s, 3 ta p, 5 ta d va 7 ta f jami esa 16 orbital mavjudligini ifodalaydi. ,
Pog’onadagi elektronlar sonini topish formulasi = 2n2.
Masalan, n=1 bo’lsa, formula asosida unda 2 ta electron ( 2*12 = 2) borligini ifodalaydi.
Pog’onachadagi orbitallar sonini topish formulasi = 2l+ 1.
Masalan , l = 0 (2*0+1= 1) ga teng bo’lsa unda bitta orbital borligini ifodalaydi.
Pog’onachadagi elektronlar sonini topish formulasi = (2l+ 1)*2.
Masalan, l= 3 ((2*3+1)*2=14) ga teng bo’lsa unda 14 ta elekton mavjud bo’ladi.
Elektronning yadro atrofida joylashish tartib qoidalari.
Klechkovskiy qoidasi.
Klechkovskiy qoidasiga muvofiq, atomda energetik holatlarning elektronlar
bilan to‘lib borish tartibi atomning bosh va orbital kvant sonlari
yig‘indisining minimal qiymatli bo‘lishi uchun intilishiga bog‘liq;
boshqacha aytganda, ikki holatning qaysi biri uchun (n + l) yig‘indisi
kichik bo‘lsa, o‘sha holat, birinchi navbatda, elektronlar bilan to‘la bosh-
laydi; agar ikkala holat uchun (n + l) qiymati bir-biriga teng bo‘lsa,
birinchi navbatda, bosh kvant soni n kichik bo‘lgan holat elektronlar
bilan to‘lib boradi.
Yuqoridagilarga asosan elektron orbitallarining energiyalari qiymatiga
ko‘ra joylashtirsak, quyidagi qator yuzaga keladi:
1s< 2s < 2p < 3s < 3p < 4s < 3d < 4p < 5s < 4d < 5p < 6s < 4f < 5d < 6p < 7s < 5f < 6d
Ko‘p elеktronli atomlarda elеktronlar soni ortib borishi bilan ular
joylashishimumkin bo‘lgan orbital (yachеyka) lar ham ortib boradi.
Pauli prinsipi.
Pauli prinsipiga ko‘ra аtomda to‘rttala kvant sonlari bir xil qiymatga ega
bo‘lgan elektronlar mavjud bo‘la olmaydi. Ular bir biridan kamida spinlari bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |