Mendeleyevning davriy qonuni
Yadro reaksiyalari va radioaktivlikning ahamiyati
Download 274 Kb.
|
Mendeleyevning davriy qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy bog’lanish
Yadro reaksiyalari va radioaktivlikning ahamiyati
Barcha kimyoviy elementlaming radioaktiv izotoplari olingan. Yadro reaksiyalarining muhim xususiyati — hosil bo‘ladigan zarrachalanning kinetik energiyasi yoki nurlanish eneigiyasi holida ko‘p miqdorda energiya chiqishidir. Kimyoviy reaksiyalarda energiya, asosan, issiqlik holida ajralib chiqadi. Yadro reaksiyalarining energiyasi kimyoviy reaksiyaning energiyasidan millionlab marta ko‘p bo‘ladi. Masalan, har bir uran yadrosi parchalanishi juda katta miqdorda energiya ajralishi bilan boradi. Zamonaviy yadro energetikasining asosi uran parchalanishi reaksiyasiga asoslangan. Radioaktiv preparatlar ko‘p kasalliklarni davolashda va kasallik sabablarini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Saraton kasalligidagi xavfli o‘smalar borligini aniqlash uchun o‘smalardagi to‘qimalarning radioaktiv elementlarni yutib qolish xossasidan foydalaniladi. Masalan, xavfli o‘smalarni aniqlashda nishonlangan fosfor – 32 izotopi bo‘lgan natriy fosfati ishlatiladi. Agar yodning – 131 izotopi bo‘lgan natriy yodid qo‘llanilganda qalqonsimon bezdagi kasalliklarni tahlil qilishda foydalaniladi. Xronik leykozni davolashda, nishonlangan fosfor-32 izotopi, ruh-65 va oltin-198 nuklidlari va natriy fosfati buyuriladi. Radioaktiv kobalt-60 izotopi tarqatadigan γ-nurlar bilan saraton kasalliklarini davolashadi. Bu izotop parchalangani uchun ham uni organizmga kiritiladi, mis-64, kumush- 110 va oltin-198 radionuklidlari organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarini o‘rganish uchun radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Kimyoviy bog’lanish Kimyoviy bog‘ deganda atomlarning o‘zaro ta’sirlanishi natijasida molekulalar, ionlar, radikallar va kristallarning o‘zaro bog‘lanishi tushuniladi. Kimyoviy bog‘ hosil bo‘lishida: atomlarning juftlashmagan elеktronlari; bitta orbitalda joylashgan juft elеktronlar; bo‘sh (vakant) orbitallar ishtirok etishi mumkin. Atomlardan molekulalar hosil bo’lganida har qaysi atom o‘zining sirtqi qavatini sakkiz elektronga yoki ikki elektronga yetkazishga intiladi. Ko'pincha, tashqi elektron qavatlarida bir, ikki va uchta elektron bo‘lgan atomlar o'zining shu elektronlarini boshqa atomlarga osonlik bilan beradi. Agar atomning sirtqi qavatida elektronlar soni sakkizga yaqin (5, 6, 7) bo’lsa, bunday atom mustahkam elektron qavat hosil qilish uchun yetishmagan elektronlami boshqa atomlardan tortib olishga intiladi. Barqaror elektron qavatning turli yo‘llar bilan hosil bo’lishiga asoslanib, kimyoviy bog‘lanishlami bir necha turlarga bo’lish mumkin. Bular ion bog’anish, kovalent bog’lanish (qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanish), metall bog'lanish va vodorod bog'lanishdir. Bog’lanish hillari birikayotgan atomlarning NEM (nisbiy elektomanfiylik) qiymatiga bog’liqdir. Ya’ni: ▲NEM ▲NEM ▲NEM qutbsiz kov. qutbli kov. ion bog’. Download 274 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling