Mendeleyevning davriy qonuni


ATOMNING ELEKTRON TUZILISHI. KVANT SONLAR


Download 274 Kb.
bet4/11
Sana20.06.2023
Hajmi274 Kb.
#1636213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mendeleyevning davriy qonuni

ATOMNING ELEKTRON TUZILISHI. KVANT SONLAR.
Ilk bor atom tuzilishini 1911-yilda E.Rezerford va uning hamkasblari taklif
etgan va bu nazariya atomning planetar modeli deyiladi. Bu nazariyaga ko‘ra
atomning markazini musbat zaryadlangan yadro egallaydi. Yadro atrofida elektronlar orbita bo‘ylab aylanib, atomning o‘lchamlari elektron harakat qilayotgan orbitalarning o‘lchamlariga bog‘liqdir. Rezerford modeli atom tuzilishi nazariyasi rivojlanishida muhim o‘rinni egallab, ko‘p tajribalar natijalarini tushunib yetishga yordam bergan. Ammo bu modelga ko‘ra elektron tinmay orbita bo‘ylab atom yadrosi atrofida aylanib energiyani ajratib tursa, uning energiyasi yo‘qolib borib, yadroga qulashi kerak bo‘lar edi. Lekin amalda bunday bo‘lmay, Rezerford modeli buni tushuntirib berolmadi.
Daniyalik fizik olim N. Bor nazariyasiga ko‘ra elektron energiyani kvantlar
(kichik qismlar) ga bo‘lib ajratadi, deb tahmin qilgan. Bu nazariyaga ko‘ra elektron
yadro atrofida ma’lum bir masofada, ma’lum orbita bo‘ylab harakatlanadi. Bu
orbita bo‘ylab elektron energiyani ajratmasdan harakatlanishi mumkin. Yadroga
eng yaqin orbita atomning eng turg‘un “asosiy” holatiga to‘g‘ri keladi. Atomga
energiya berilganda uning elektroni yuqoriroq energetik darajaga ko‘chishi
mumkin. Bu holat elektron uchun “qo‘zg‘algan” holat deyiladi. Atom energiyani
yutishi yoki ajratishi faqat elektron bir orbitadan boshqa orbitaga o‘tishidagina
kuzatiladi.
Hozirgi zamon atom tuzilish esa kvant nazariyasiga asos bo‘lib xizmat qildi. Elektron ham zarracha ham to’lqin tabiatiga ega: birinchidan elektronning muayyan massasi bor; ikkinchidan, uning harakati to’lqinsimondir. Atomda elektronning harakat trayektoriasi bo’lmaydi. Tez harakatlanayotgan elektron yadroni o’rab turgan fazoning istalgan qismida bo’lish mumkin. Lekin elektronning hamma joyda bo’lish ehtimolligi birdek emas.
M asalan, normal holatdagi vodorod
atomining elektronini yadrodan taxminan
0,53 A uzoqlikda, atomning
boshqa joylaridagiga qaraganda tez-tez
uchratish mumkin. Yadro atrofidagi
elektronning bo’lish ehtimolligi eng
katta bo’lgan fazo orbital ham deyiladi.
Unda elektron bulutning 90% ga yaqini
qamralgan bo'ladi. l-rasmdan
ko'rinib turibdiki, yadroga yaqin joyda
elektron zichligi deyarli 0 ga teng.
bu yerda elektron deyarli bo‘lmaydi. Yadrodan uzoqlashgan sari elektron zichlik ortib boradi va yadrodan 0,53 a masofada maksimal qiymatga yetadi, so‘ngra asta-sekin kamayadi. Atomlarda elektronlar qavat-qavat bo‘lib joylashadi. Bu qavatlar yadrodan bir-biridan muayyan masofada bo'ladi. Elektron qavatlar ba'zan electron qobiqlar yoki energetik pog‘onalar ham deyiladi. Atomdagi elektronlaming harakati to‘rtta kvant soni bilan ifodalanadi.

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling