Mahsulotli tashkiliy tuzilmada qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlar bitta rahbarga topshiriladi, u mahsulotning ushbu turi uchun javobgar bo‘ladi. Ikkilamchi vazifaviy xizmatlar (ishlab chiqarish, texnik va sotish) rahbarlari boshqaruvchi oldida hisobot berishlari kerak.
46. Korxonalarning asosiy tashkiliy-huquqiy shakllari.
Hozirgi sharoitda tashkilot (xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobat munosabatlarining asosiy harakatlanuvchi shaxsi hisoblanadi.
Tijorat, ya’ni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar
(korxona!ar)ning tarixi tomirlari bilan an’anaviy jamiyatga borib
taqaladi. Ularning u yoki bu shakllari amalda uzoq o‘tmishning
barcha buyuk sivilizatsiyalarida qayd etilgan. Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi tartib bo‘yicha tasniflash qabul qilingan: — xo‘jalik faoliyatining turi va xarakteri (sanoat, transport, sug‘urta, savdo, injiniring, sayyohlik va boshqalar); — huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi); — mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ); — faoliyat sohasi; — 0‘lchami. 0 ‘z navbatida xo‘jalik o‘rtoqliklari va jamiyatlari quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo‘lishlari mumkin: — to‘liq o‘rtoqlik; — ishonchdagi o‘rtoqlik; — mas’uliyati cheklangan jamiyat; — qo‘shimcha javobgarlikka ega jamiyat; — ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati; — yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati; — sho‘ba va bogliq jamiyatlar. Avvalo «yuridik shaxs» tushuncha
Do'stlaringiz bilan baham: |