Davlat unitary korxonalari.
davlat mulki bolgan va korxonaga xo‘jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida tegishli bolgan, o‘ziga biriktirilgan mulkka hamda mulkchilik huquqiga ega bolmagan tijorat tashkiloti tan olinadi. Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasining ko‘rsatilishiga ega bolishi kerak. Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha tegishli mulki bilan javob beradi va o‘zining mulk egasi majburiyatlari bo‘yicha javob garlikka ega bolmaydi.. Davlatga qarashli korxonaning ta’sis hujjati uning 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan nizomdan iborat bo‘ladi.
50. Notijorat tashkilotlar.
o‘z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko‘zlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini shuning uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil etish maqsadiga erishishga xizmat qiladi va mos keladi. Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi: — matlubot kooperativi; — ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar); — jamg‘armalar (fondlar); — muassasalar;
51. Kartel,sindikat, trest, kontsern, konsortsium, sanaoat xoldinglari.
Kartel — qoidaga ko‘ra, bitta soha firmalari birlashishi, ular ko‘proq birgalikdagi tijorat faoliyati — sotishni tartibga solishga tegishli bolgan bitimga kiradilar.. Sindikat — kartel bitimining turli-tumanligi bolib, tadbirkorlarning buyurtmalarini kelishilgan holda taqsimlash, xomashyoni xarid qilish yoki ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uning bir qismini (yagona sotish tarmogl yoki ishtirokchilardan bittasi orqali) sotish maqsadida tashkil etilgan birlashmasidir. Trest — birlashmada turli korxonalar, o‘zlarining yuridik va xo‘jalik erkinliklarini yo‘qotgan holda yagona ishlab chiqarish majmuasiga birlashadilar. Trestda korxonalar xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlari birlashtiriladi.// Konsern — mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi) birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vositasida bog‘lanadilar.// Konsorsium — bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi qarzlarni birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operatsiyalari, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir. Sanoat xoldinglari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydilar. Ular o‘zlariga qarashli korxonalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
52. Tadbirkorlik uyushmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |