Mehnat jamoasi ostida birgalikdagi mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar birlashmasi tushuniladi. Ular bir-birlari bilan shunday o‘zaro hamkorlik qiladilarki, har biri boshqa shaxsga ta’sir ko‘rsatadi va bir vaqtda uning ta’siri ostida bo‘ladi/ Jamoalar faoliyatining samaradorligi quyidagi bir qator omillarga bog‘liqdir: — ishchi guruhlarning olchami va tarkibi; — guruhli me’yorlar; — odamlarning jipsligi; — nizolar darajasi;// Odamlarning norasmiy tashkilotlarga kirishlarining bir necha sabablari mavjud; 1) ushbu tashkilotlarga tegishlilik hissiga ehtiyoj; 2) xodimlar norasmiy tashkilotdan oladigan, biroq ular menejerdan olmaydigan yordam; 3) xodimlarning himoyasi, masalan, mehnat sharoitlari talablariga rioya qilish. Buning ustiga himoya vazifasi rahbarga ishonmagan vaqtda muhimroq ahamiyat kasb etadi;
76. Ta’sir o’tkazish va hukumronlik.
Hukmronlik — boshqa kishilar xulqiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidir. Hukmronlik yakka shaxsga, guruhga va umuman tashkilotga tegishli bo‘lishi mumkin. Tashkiliy jarayonni hukmronlik sifatida belgilash quyidagilarni ko'zda tutadi: — hukmronlik — uni foydalanuvchisida mavjud bolgan salohiyatdir, ya’ni u faqat qollanayotgan vaqtda mavjud boladi; — hukmronlikdan kim foydalanishi va u kimga nisbatan qo‘llanishining o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud; Rahbar hukmronlikka ega bo‘lishi uchun ijrochi ma’lum ahamiyatga ega bolgan nimanidir nazorat ostida ushlashi kerak, natijada rahbarga bog‘liqJik vujudga keladi. Bu fiziologik va ijtimoiy ehtiyojlar himoyalanish, hurmat qilish va o‘zini o‘zi ifoda qilishga ehtiyoj bo‘lishi mumkin.
77. Mehnat jamoalarida nizolarni boshqarish.
Nizo — ikkita yoki ko‘proq tomonlar, ya’ni aniq shaxslar va
guruhlar o‘rtasidagi haqiqiy kurashdir, bunda har bir tomon o‘zining nuqtayi nazari yoki maqsadini qabul qilinishiga va boshqa
tomonni ushbu narsani qilishiga xalaqit berishga harakat qiladi.//
78. Nizolarni kelib chiqish sabalari va vazifalari.
Quyidagilar nizolarning asosiy sabablari boladi: 1. Hamma vaqt cheklangan resurslarni xodimlar yoki bolinmalar o‘rtasida taqsimlanishi.// 2. Vazifalarning o‘zaro bogliqligi. U bir odam yoki guruh vazifani bajarishda boshqa odam yoki guruhga bog‘liq bo‘lgan barcha yerda mavjud boladi. 3. Maqsadlardagi farqlar. Korxona borgan sari ixtisoslashayotgan bolinmalarga bolingan vaqtda nizoli vaziyatlar vujudga keladi. Ular o‘z maqsadlarini o‘zlari shakllantiradilar va ularga erishishga, butun tashkilot maqsadlariga erishishga qaraganda ko‘proq e’tibor qaratishlari mumkin. 4. Vaziyat va fikrlarni baholashdagi farqlar. Qandaydir vaziyat haqidagi tasavvur ma’lum maqsadga erishish istagiga bogliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |