Menejer madaniyati
Adolatning birinchi talabi
Download 50.78 Kb.
|
Menejer madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adolatning uchinchi talabi
Adolatning birinchi talabi:
aholi turli tabaqalarining o’zaro uyg’un bo’lishini ta’minlashdir. Adolatning ikkinchi talabi: el-ulusining haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish. Adolatning uchinchi talabi: barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson o’z ulushini olishga imkon yaratishdan iborat. Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar oradan sakkiz asr chamasi o’tib, Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida o’ziga xos tarzda ifoda topmoqda. Bunga ishonch hosil qilmoq uchun yurtboshimizning ma’ruzalaridan biridagi ushbu nuo’taga diqqat qilaylik: “Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga-oshib-toshib ketgan boylaru kambag’al qashshoqlarga bo’linib ketishga yo’l qo’ymasligi kerak”. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har turli qing’ir yo’llar bilan haddan tashqari boylik orttirib o’zini qo’yarga joy topolmay, “ to’qlikka sho’xlik” qiladigan kimsalarning jilovini tortib qo’yish bilan birga, halol menat kishilariga imkoniyat yaratib berish, ularni qo’llab quvvatlash, zarur bo’lsa, rag’batlantirib borish davlat siyosatining muhim yo’nalishlariga aylangan. Adolatning ikkinchi talabi sifatida Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy muhitini belgilashda rahbar kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo’yishga katta ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi ma’naviy-siyosiy omil, tub islohatlarning tayanchi va bosh yo’naltiruvchi kuchi, deb qaraydi: “Xalqning dardiga befarq qaraydigan, o’z manfaatidan boshqa narsani o’ylamaydigan, xudbin va ta’magir rahbarlar mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga to’siq bo’lmoqda. Endi ular bilan murosa qilib bo’lmaydi. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb, yurtim deb quyib-yonib, o’z halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar! Barcha bo’g’inlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obro’si, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas ekan ishlarimiz ko’ngildagidek bo’lmaydi”. Adolatli jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga rag’bati kuchli bo’ladi. Shuning uchun ham Prezidentimiz: “Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga intilayapmiz. Adolatga intilish- xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim nususiyat. Adolatparvarlik g’oyasi butun iqtisodiy va ijimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko’maklashuv mehanizmida o’z aksini topishi kerak”, degan masalani dolzarb vazifa qilib qo’ydi. Download 50.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling