Menejer madaniyati
Uchrashuv chog’ida - xushfe’llik
Download 50.78 Kb.
|
Menejer madaniyati
Uchrashuv chog’ida - xushfe’llik.
Quloq solish chog’ida - e’tibor, rag’bat. Bahslashuv chog’ida - ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik. Tanqid chog’ida - o’zini tuta bilishlik. Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni qabul qilishi aniq belgilab qo’yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga ko’ra qabul qilganda rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishni o’rgatishi lozim. Agar rahbar o’zi taklif qilib qabul etsa, bo’ysunuvchi bu haqda oldindan xabardor qilinishi kerak. Suhbat chog’ida ishonch muhitini vujudga keltirish lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini pastga urish mumkin emas. Har qanday muammoni muhokama qilish chog’ida o’zaro to’g’ri munosabat o’rnatish uchun rahbar hamma vaqt o’zida muayyan fazilatlar va rahbarlik uslubini hosil qilishga intilish kerak. Kishilar bilan ochiq va to’g’ri muomalada bo’lish, do’stona munosabat o’rnatish, doim bir xil muomala qilish, mayda ishlar yuzasidan tortishmaslik, o’z xatolarini tan ola bilish va hokazolar shunday fazilatlar jumlasiga kiradi. Aytaylik, siz biror bir muammoni muhokama qilyapsiz. Shu jarayonda: Muhokama qilinayotgan muammoni va shu muhokamaga qatnashuvchilarning sonini chegaralang; Diqqatni nuo’tai nazarga emas, balki manfaatga a’lohida etibor qarating; Echimdan oldin uning imkoniyatlarini ajrating; Natijani ob’ektiv holdan keltirib chiqaring. Download 50.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling