Menejer madaniyati


Rahbar madaniyatiga baho berish uchun qo’llaniladigan ko’rsatkichlar


Download 50.78 Kb.
bet5/10
Sana05.01.2022
Hajmi50.78 Kb.
#215618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Menejer madaniyati

Rahbar madaniyatiga baho berish uchun qo’llaniladigan ko’rsatkichlar



Ob’ekt

Ko’rsatkichlar tizimi


So’z berdingmi, va’da qildingmi, belgiladingmi - aniq mo’ljallangan muddatda bajar.
1.


Rahbarning o’ziga nisbatan madaniyatliligi



  • so’z bilan ishning birligi:


  • o’z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o’stirish ustida qayg’urish;

  • oqilona turmush tarzi, jismoniy sog’lomligini saqlash;

  • o’z-o’zini tanqid asosida o’z kamchiliklarini bo’yniga olmoq;

  • o’zini intizomga bo’ysundirish;

  • o’z malakasini oshirishga bo’lgan intilish va uning uddasidan chiqaolish;

  • harakatning maqsadga qaratilganligi va qat’iyligi;

  • o’ziga va mehnat faoliyatiga bo’lgan talabchanlik;

  • axloqning quyidagi alifbolariga qat’iy rioya qilish:

  • kamtarinlik

  • haqgo’ylik

  • halollik

  • o’zini tuta bilishlik

  • oddiylik

  • to’g’rilik, vijdonlilik.

2.


Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi


  • Xalqparvarligi, ya’ni:

  • kishilarga e’tibor va hurmat;

  • kishilarga xayrihoh va iltifotli bo’lish;

  • olijanoblik va beg’arazlik, xolislik;

  • kishilarning qadr-qimmatiga etish kabilar.

  • Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish;

  • Odamlarga ishonch, kishilarning o’z kuchiga, qobiliyatiga bo’lgan ishonchini qo’llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo’naltira bilish;

  • Yuqori nutq madaniyatiga ega bo’lish va tashqi ko’rinishdagi ozodaligi;

  • Salbiy fazilatlarga ega bo’lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, adabsiz kishilarga, shu jumladan, qavmu-qarindosh va yaqin tanish-bilishlarga nisbatan toqati yo’q;

  • O’zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga rioya qilish:

  • Xushmuomala;

  • Sipolik;

  • Kamsuqumlik;

  • Andishalilik;

  • Vazminlik.

  • Mehnat va do’stlikdagi sherikchilikda:

  • o’zaro yordam va quvvatlash;

  • hozirjavoblik va majburiylik, so’zsiz bajarishlik;

  • printsipiallik va ishonch;

talabchanlik.




3.

Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi.

  • Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik;

  • Jamiyat baxt-saodati yo’lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko’paytirish haqida g’amxo’rlik qilish;

  • Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat’iy rioya qilish;

  • Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shavqatsiz bo’lish;

  • Huquqiy, moddiy va ma’naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish;

  • Ko’pfikrlikka ochiqko’ngillik bo’lish va uni hurmat qilish.

Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo’g’inda rahbar bo’lishidan qat’iy nazar o’zining asosiy majburiyati, ya’ni qo’l ostidagilarni o’zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak. Chunki rahbar nafaqat lavozim egasi, u o’z navbatida ham tarbiyachi, ham sotsiolog, ham psixologdir, sodda qilib aytganda rahbar - bu kishilar o’rtasidagi murakkab munosabatlarni sozlovchi, uyg’unlashtiruvchi “muxandisdir”. Bugungi kundagi jamiyatimiz ana shunday rahbarlarga o’ta muhtojdir.



Download 50.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling