Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchasi Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi
Iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil
Download 238.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Menejment axborot tizimlari Reja Menejmentda axborot tushunchas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar 1. Davlat statistikasi 2. Axborotlarga electron usulida ishlov berish 3. Statistik axborotlar Pochta hisoboti uchun tizimli
Iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil
qilish Iqtisodiy tahlilning vazifalari ma’lumotlarni axborot texnologiyalari va statistik usullarga asoslangan holda tahlil qilishni yo‘lga qo‘yishdir. Ular yordamida mamlakat va uning ayrim mintaqalari iqtisodiyoti turli sohalarining rivojlanishi doimiy va har tomonlama o‘rganiladi. Tahliliy majmualarda qo‘llaniladigan ADT tarkibiga «Olimp» (statistik tahlil va bashorat qilish elektron tizimi) va «Mezozavr» (vaqtli qatorlar statistik tahlili tizimi) kabi keng foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar kiradi. «Olimp» ADT ma’lumotlarni statistik usullar asosida qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. «Olimp» standart konfiguratsiyali kompyuterda va MS DOS operatsion tizimi boshqaruvi muhitida ishlaydi. To‘plamdan statistika sohasidagi mutaxassislar hamda ekspertlar foydalanishi mumkin. «Olimp» statistik tahlil va ma’lumotlar asosida bashoratlash uchun mo‘ljallangan eng yaxshi ADTdan biri sanaladi. ADT tarkibiga asosiy dasturlardan tashqari quyidagilar kiradi: — elektron jadval; — AIT (amaliy ijtimoiy tadqiqotlar) amaliy statistik tadqiqotlar so‘rovlarini tayyorlash va kiritish dasturi. «Olimp» ADT ma’lumotlarning statistik bashoratlanishi bo‘yicha tadqiqotlarning dastlabki ma’lumotlarini kiritish, ularni tekshirishdan boshlab to amaliy statistikaning zamonaviy usullarining keng majmuasi asosida hisoblash va natijalarni tahlil qilishni o‘tkazish bilan tugovchi to‘liq jarayonni tashkil qilishga imkon beradi. Vazifaviy nuqtayi nazardan ADTga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar muharriri, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda aks ettirish vositalari va o‘zgartirish utilitlari hamda statistik tahlil usullarini amalga oshirish dasturlari. Ma’lumotlar muharriri dastlabki ma’lumotlarni kiritish, ko‘rib chiqish va tahrir qilishni (shu jumladan, operator tomonidan amalga oshiriladigan kuzatishlarni) ta’minlaydi. Ma’lumotlarni grafik usulida aks ettirish vositalari ekranga turli grafiklarni chiqarish hamda ularni bundan keyin foydalanish uchun magnit diskda saqlashga imkon beradi. Ma’lumotlarni o‘zgartirish utilitlari ma’lumotlarning arifmetik o‘zgarishlarini, turlarga ajratishning har xil shakllarini (shu jumladan, bir necha o‘zgarishlar banki), ma’lumotlarni agregatsiyalash (bitta alomat bo‘yicha tanlab olishni) bajaradi. «Olimp» ADT dasturlari bilan statistik tahlilning quyidagi usullari amalga oshiriladi: korrelyatsion, regression, dispersion, diskriminantli, omilli va komponentli qatorlar bog‘liqligi jadvallarining tahlili va boshqa usullar. Dinamik ma’lumotlarni tahlil qilish va bashoratlash uchun quyidagilardan foydalaniladi: — dinamik regressiyaning modellari; — chiziqli regressiya asosida bashoratlash modellari; — garmonik, spektrli tahlil va chastotali filtrlash modellari. Yuqorida sanab o‘tilgan modellarning har biri foydalanuvchi tomonidan ushbu model parametrlari majmuasi yordamida boshqariladi. Dasturga bunday yondashish kiritilgan imkoniyatlarni asta-sekin o‘zlashtirishga va u bilan ishlashni yengillashtirishga imkon beradi. Korrelyatsion tahlil yordamida juft korrelyatsiyalar va xususiy korrelyatsiya matritsalari hamda ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanadi. Regression tahlil asosida bog‘liqliklar: to‘g‘ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan shakllarni belgilash vazifasi yechi- ladi. Komponentli va omilli tahlillar — ikkita bir- biridan tubdan farqlanuvchi statistik usullardir. Dasturda ular yagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlashtirish hisoblash nuqtayi nazaridan o‘zini oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o‘zgarishlar orasidagi tarkibiy bog‘liqlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida dastlabki ma’lumotlarda bo‘lgan deyarli barcha axborotlarga ega hodisaning qisqa bayoni olinadi. Omilli tahlil dastlabki o‘zgaruvchilarni komponentli tahlilga nisbatan o‘zgartirishning umumiyroq usulidan iborat. Umumiy va maxsus omillar soni hamda baholarini aniqlash tahliliy vazifalardandir. Nazorat savollar 1. Davlat statistikasi 2. Axborotlarga electron usulida ishlov berish 3. Statistik axborotlar Pochta hisoboti uchun tizimli Download 238.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling