Bilimlarni mustahkamlash uchun vazifa
Guruh bilan ishlash qoidalari
Har biri o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;
Har biri berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan
ishlashlari lozim;
Har biri o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;
Har biri yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;
Har biri guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;
Har biri: “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz, yoki birga qutilamiz” atamasini
yaxshi bilishlari lozim.
|
1. Mumtoz menejment yo‘nalishlari haqida nimalarni bilasiz? Chizma shaklida bajaring.
2. “Ilmiy menejment maktabi ” haqida nimalarni bilasiz?
Guruhlar uchun topshiriqlar
1- guruh.
Menejment, boshqaruv, inson resurslari, tashkilot, menejment nazariyasi tushunchalarining mazmunini yoriting. Mumtoz menejmentning ilmiy yo‘nalishiga klaster tuzing.
2- guruh.
Menejmentning bosh masalasi qanday? U bilan bog‘liq qanday muammolar mavjud “Menejment” tushunchasiga klaster tuzing.
3- guruh.
Menejment faniniga, menejment maqsad va vazifalariga ta’rif bering. Mumtoz menejmentning byurokratik yo‘nalishiga klaster tuzing.
4- guruh.
Menejment fanining predmeti, ob’ekti va metodini izohlang. Mumtoz menejmentning ma’muriy yo‘nalishiga klaster tuzing.
Klasterni tuzish qoidasi
1. Hayolingizga kelgan barcha tushunchalarni yozing. G‘oya sifatini muhokama qilmang: ularni oddiy holda yozing.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozuvni to‘xtatmang. Agarda fikrlar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qog‘ozga rasm chizing, qachonki ila fikrlar paydo bo‘lmaguncha.
4. Ko‘proq aloqa bo‘lishligiga harakat qiling. Tushunchalar soni, ular oqimi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bo‘yicha chegaralanmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |