Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
Download 1.9 Mb.
|
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona boshqaruvining mohiyati va printsiplari
- Korxonani boshqarish masalasi o‘zining dolzarbligini
- «Korxonani boshqarish»
11-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Korxona faoliyatini boshqarish asoslari va sanoatning maqsadli yo‘nalishlari Reja: 1. Korxona boshqaruvining mohiyati va printsiplari 2. Boshqaruvning axborot ta’minoti 3. Tarmoqni rivojlantirish kontseptsiyasi 4.Sohani rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari 5. Boshqaruv maktablari va ularning namoyandalari Korxona boshqaruvining mohiyati va printsiplari Ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy iqtisodiyotning kichik yacheykasi bo‘libgina qolmasdan, uni harakatga keltiruvchi kuch va o‘sishni ta’minlovchi asosiy omil sifatida qarali. Korxona faoliyatini tashkil etish va boshqarish masalasi qadimdan iqtisodiyot va boshqaruv sohasining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki, korxonadagi asosiy omil hisoblangan mehnat va u tomonidan boshqariladigan resurslar jamiyatning o‘zigarib borish jarayonida muntazam takomillashib yangi innovatsion yondoshuvlarni o‘zida mujjasam etib kelmoqda. Korxonada ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish masalalari mehnat resurslari, asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, axborot va kommunikatsiya, shuningdek, tadbirkorlik g‘oyalariga tayangan holda hal etib kelinadi. Sababi, korxona faoliyatining borishi va boshqarilishi aynan shu resurslarni boshqarish bilan olib boriladi. Korxonani boshqarish masalasi o‘zining dolzarbligini shu davrga qadar yo‘qotmay kelishiga yana ta’sir etuvchi omillardan biri, bozor kuchlarining harakatini ham to‘xtovsiz o‘sib borishidir. Bozordagi narx-navo, raqobat, iste’molchilar va Hukumatning me’yorlari korxonalarni muntazam o‘z ustida ishlab borishi va rivojlanishiga undovchi turtki vazifasini bajaradi. «Korxonani boshqarish» - aholi va xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo‘jalik mexanizmlarini amalga oshiriladi. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining ob’ektiv qonunlari namoyon bo‘lishi va amal qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom ashyo, material va asbob-uskuna etkazib beruvchilar, shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste’molchilari (haridorlar) bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona, bu – avvalo ishlab chiqarish jamoai, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush tarzi, ma’naviyat va axloq normalari shakllanadi. Bularning barchasi xo‘jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko‘rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi o‘rni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan, korxona qay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga bog‘liq bo‘ladi? Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga bog‘liq? «Xom ashyo etkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan qanday ishlash kerak?» «Mahsulotni sotishda vositachilardan foydalanish zaruriyati; Ishlab chiqarish sur’atini qanday oshirish mumkin?» «Raqobatchilik kurashida nima va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi?» «Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo‘lishi lozim?» va hokazolar. Korxonalar faoliyatida biron-bir mahsulotni qachon, qaerda, kimga sotish, nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lozim, degan savolga javob berish muhim ahamiyat kasb etadi. “Printsip” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, asos, dastlabki, ya’ni xatti-harakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi, rahbar g‘oya ma’nolarini bildiradi. Printsiplarda boshqaruvning ob’ekti va sub’ekti o‘rtasidagi ob’ektiv, myhim, takrorlanadigan, nisbiy, typg‘yn, aniq, muayyanlik va mohiyat bilan umumiy bog‘lanish va aloqadorlik o‘z ifodasini topadi. Bu umumiy bog‘lanish va aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo‘nalishi va xususiyatini belgilab beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, boshqarishning qonun-qoidalari va printsiplari faqat hamma uchun majburiy bo‘lgan norma, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin (1-jadval). 1-jadval Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling