Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
Download 1.9 Mb.
|
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy xulosalar
- Mu h okama uchun savollar
Masalani yeching
Misol. Faraz qilaylik kompaniya 2 yil oldin 8 ming doll. ga sotib olgan va 5 yilga ishlatilishi hisobga olingan o‘z uskunasini almashtirishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqmoqchi. Shunga ko‘ra, birmuncha tejamli yangi uskunani 13,2 ming doll. ga sotib olish va undan 6 yil foydalanish mumkin bo‘lsin. Biroq kompaniya 3 yiddan so‘ng ushbu mahsulotni ishlab chiqarishni davom ettirish istagida emas. Shu boisdan kompaniya 3 yildan so‘ng bu yangi uskunani taxminan 5 ming doll. ga sotib yuborishni nazarda tutmoqda. Bundan tashqari, yangi uskunani joriy etish ushbu ishlab chiqarishda jami joriy harajatlarning yiliga 4 ming doll. ga qisqartirishiga olib keladi. Yangi uskunadan foydalanish holatida eskisini 2 ming doll. ga sotib yuborish mumkin. Bunda foyda solig‘i o‘rtacha 30% ni va kompaniya kapitali bahosi 8% ni tashkil etadi. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring va tahliliy xulosa yozing
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring va tahliliy xulosa yozing
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring va tahliliy xulosa yozing
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring va tahliliy xulosa yozing
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring va tahliliy xulosa yozing
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring va tahliliy xulosa yozing
Umumiy xulosalar 1. Investitsiyalash o‘rtasidagi raqobat kurashi, mablaglarning cheklanganligi, pulning vaqt davomida qadrsizlanib borishi va yuqori foyda olishga bo‘lgan ishtiyoq investitsion qarorlar qabul qilishning muqobil loyihalar tahlilga asoslanib, ulardan eng samaralisini aniqlash natijalariga bogliq holda amalga oshirilish talablarini keltirib chiqaradi. Investitsiya goyasi turli xil yo‘nalishlarni, lekin bir maqsadni ko‘zda tutuvchi loyihalar ko‘rinishida shakllanadi va ularning o‘zaro taqqoslanishi ular ichidan eng optimal variantini aniqlash imkonini beradi. 2. Muqobil investitsiya loyihalari tahliliy investitsiyalarni baholash uchun qo‘llaniladigan usullar yordamida aniqlangan ko‘rsatkichlarni qiyosiy baholash asosida ulardan har tomonlama va eng foydali va samarali variantini aniqlash yuli bilan bajariladi. Investitsiya loyihalarini qoplash muddati bo‘yicha o‘zaro taqqoslash investor uchun harajatlarni samarali tashkil etish va ularning imkon qadar tezroq qoplanishini va yuqori foyda olish imkonini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. O‘zaro ziddiyatli loyihalarni taqqoslash investitsiyalashning eng optimal variantini aniqlashga imkon beradi. Investitsiyalashning maqsadga muvofiqligini aniqlash o‘zaro ziddiyatli loyihalarni baholashdan olingan ko‘rsatkich- larning naqadar turriligi va ishonchliligiga asoslangan va maksimal samaraga erishish imkonini beradigan loyihaning realligiga bogliq. O‘zaro ziddiyatli loyihalar tahlili ular o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov natijasi bilan yakunlanadi. Bunda tahlil harajatlar, daromadlar yoki harajat va daromadlarga asoslanishi bilan bir-biridan farq qiladi. Muhokama uchun savollar Muqobil investitsiya loyihalari deganda qamlay loyihalarni tushunasiz? Muqobil loyihalar taxilida nimalarga e’tibor qaratish lozim? Investitsiya loyihalari o‘rtasida raqobat kurashining vujudga kelish sabablarini tushuntirib bering. Muqobil loyihalar tahlilning kelib chiqishiga nimalar sabab bo‘ladi? Muqobil loyihalar tahlilda qanday ko‘rsatkichlar taqqoslanadi? Loyihani baholash ko‘rsatkichlari turli xil miqdorlarga ega bo‘lganda optimal variantni aniqlash qanday amalga oshiriladi? Cheklangan kapital byudjetiga mos loyihaning samaradorligini qanday aniqlash mumkin? O‘zaro ziddiyatli loyihalar taxdidi deganda nimani tushunasiz? Investitsiyalarning qoplanishini harajatlarning taqqoslama tahlil orqali qanday aniqlash mumkin? O‘zaro ziddiyatli loyihalarni moliyalashtirishdagi muammolarni qanday yo‘llar bilan hal etish mumkin? O‘zaro ziddiyatli loyihalar daromadlari bo‘yicha tahlil etish bilan samarali loyihani aniqlash qanday amalga oshiriladi? Innovasiyaning lug‘aviy ma’nosini tushuntirib bering. Xalqaro standartlarga innovatsiya qanday tavsiflanadi? Innovasiyani boshqarish deganda nimani tushunasiz? Investor - bu innovasiyaga investitsiya kirituvchi huquqiy va jismoniy shaxs ma’nosini tushuntirib bering. Mahsulot innovasiyasi o‘z ichiga nimalarni oladi? Texnologik innovasiyaning mohiyatini tushuntirib bering. Innovatsion faoliyat qanday jarayonlardan tashkil topadi? Innovatsion loyiha tizimlarini tushuntirib bering. Innovatsion loyihalarni ekspertiza qilish qanday tadbirlarni o‘z ichiga oladi? Investitsion loyihalarning yashash qobiliyati deganda nimani tushunasiz? Investitsion loyihalarning samaradorligi qanday aniqlanadi? Innovatsion loyiha portfelini shakllantirish bosqichlarini ayting. Bajarilayotgan ishlar hajmlari va davomiyligiga qarab loyihalar qanday turlarga bo‘linadi? Innovatsion loyihalar g‘oyalar, fikrlar va texnik yechimlarning ilmiy-texnik ahamiyati darajasi bo‘yicha qanday tasniflanadi? Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling