12-AMALIY MASHG’ULOT.
Mavzu: Boshqaruvning tashkiliy tuzilishi tushunchasi
Reja:
12.2. Tashkiliy tuzilmalarning turlari
12.3. Menejmentning tashkiliy tuzilmalarini shakllantirish.
Mavzuga oid nazariy ma’lumotlar
Boshqarish tashkiliy tuzilmalari deganda boshqarish bo‘g‘ini, zveno tarkiblari soni, ularni bir-biriga bo‘ysunushi o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmalaridagi oddiylik va tushunarlilik uning ish
qobiliyati kafolatidir.
Xalq xo‘jaligining umumdavlat boshqaruv organlari qonun chiqaruvchi, ijro, sud qismlariga bo‘linadi. Ular xalq xo‘jaligini ko‘p sonli tarmoqlarini bir butun bog‘lab turadi.
Boshqaruv tashkiliy tuzilmalari chiziqli funktsional, chiziqli-shtabli turlariga
bo‘linadi. Barcha boshqaruv funktsiyalari bajarilishini ta’minlovchi eng yaxshi boshqaruv apparatini tashkil etish boshqaruv tuzilmalarni takomillashtirishning asosiy masalasi.
Tashkiliy tuzilmalarning shakillanishi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Tashkiliy
tuzilmalarga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar quyidagilar: ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni va mahsulot turlari.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari maqsad va yo‘nalishga bog‘liq rangbarang bo‘ladi. Boshqaruv tashkiliy tuzilmalar turlari quyidagilar: chiziqli,
funktsional, chiziqli-funktsional, chiziqli-shtab va boshqalar.
Chiziqli tuzilma (oddiy, shakilli va tejamli “toza” ko‘rinishda. Chiziqli
boshqaruv kamdan-kam quyidagi zvenolarda qo‘llaniladi: brigada, uchastka, kichik
xususiy korxonalarda. Zvenolarni kuchsiz muvofiqlashgani chiziqli tuzilmalarni
asosiy kamchiligi. Bunda rahbar har taraflama mutaxassis bo‘lishi, korxona
faoliyatini miridan - sirigacha bilishi kerak.
Bunday bo‘lishi amri mahol. Funktsional tuzilmalarda boshqaruv funktsionallari nisbatan malakali bo‘ladi. Biroq bunda yagona boshqaruv printsipi buziladi. Funktsional zveno soni oshishi qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Qarorlar mayda, xususiy bir idora doirasida bo‘lib, boshqaruv samaradorligini kamaytiradi. Amaliyotda ko‘p hollarda quyidagi aralash tuzilmalar qo‘llaniladi: chiziqlifunktsional, chiziqli shtab va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |