Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Boshqarishning tashkiliy strukturasi nima, uning qaysi turlari mavjud?
2.O‘zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasi Davlat boshqaruvi va xo‘jalik
xokimiyati qanday taqsimlangan?
3.Davlat boshqaruvi organlarining tuzilishi qanday va “O‘zbekiston
Respublikasida ma’muriy territorial tuzilishi masalalarining hal qilish tartibi
to‘g‘risida”gi konunning ahamiyatli tomonlarini ta’kidlang.
4.Boshqaruv bosqichlari va boshqaruv bo‘g‘inlari nima?
5.Boshqarishning chiziqli tuzilmasini tushuntirib bering?
6.Boshqarishning funktsional tuzilmasini tushuntirib bering?
7.Boshqarishning chiziqli- tuzilmasini tushuntirib bering?
8. Boshqarishning chiziqli - funktsional tuzilmasini tushuntirib bering?
13-AMALIY MASHG’ULOT.
Mavzu: Boshqaruv usullari va uslublari
Reja:
13.1. Boshqaruv usullari mazmuni va tushunchasi
13.2. Boshqaruv usullari turlari
13.3. Menejer va boshqaruv uslubi
13.4.Rahbarlik uslubi. Rahbarlik uslubiga qarab rahbarlarning turlarga ajratilishi
Mavzuga oid nazariy ma’lumotlar
Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan ko‘riladigan zarur chora - tadbirlarni va ta’sirchan usullarning qo‘llanilishini bildiradi.
Ishlab chiqarishni boshqarishda qo‘llaniladigan barcha usullar o‘zaro o‘zviy
bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra:
a) iqtisodiy;
b) tashkiliy-ma’muriy;
v) ijtimoiy-ruhiy bo‘lishi mumkin.
1.Iqtisodiy usullar.
Boshqaruv iqtisodiy uslublari tarikasida quyidagit shakllarni ko‘rish mumkin:
rejlashtirish, tahlil, xo‘jalik hisobi, bahoni tashkillashtirish, moliyalashtirish.
Iqtisodiy-matetmatik modellar va uslublar ham muxim o‘rin egallaydi. Matematik dasturlash, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi , o‘yinlar nazariyasi, zahiralarni boshqaruv operatsiyalarini tadqiqot etish.
Boshqarishning bu usuli xodimlar va mehnat jamoalarining moddiy manfaatdorligiga asoslangan bo‘lib, davlat jamoat va har bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan o‘zviy bog‘lanishiga imkon hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |