Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet38/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

Innovasiya – ishlab chiqarish mexanizmining
boshlang‘ich strukturasidagi o‘zgarish, ya’ni uning
ichki strukturasi yangicha holatga o‘tishi; mahsulot,
texnologiya, ishlab chiqarish vositalari, ishchi
kuchining professional va malakaviy strukturasiga
taalluqli; ham ijobiy, ham salbiy ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarga ega bo‘lgan o‘zgarishlar

Valenta F. Upravlenie
innovatsiyami. M.:
Progress, 1985

Innovasiya – tizim sifatida korxona faoliyatidagi
maqsadli o‘zgarish (korxona faoliyatining istalgan
sohasida sifat va son o‘zgarishlari)

Voldachek L. Strategiya
upravleniya
innovatsiyami na
predpriyatii. M.:
Ekonomika, 1989



Muqobil investitsiya loyihalari tahlil
Investitsiya loyihalari o‘rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda, quyidagi sabablarga asoslanadi:

  1. Investitsiyalarning eng tez fursatda qoplanishi va yuqori foyda keltirishi.

  2. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi. Investisiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan resurslardan foydalanishning muqobil imkoniyatlari ta’minlangan hollarda o‘zaro ziddiyatli investitsiyalar hisoblanadi va raqobatlashuvchi investitsiyalar deb ataladi. Muqobil (o‘zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori samaralisini aniqlashga va uni ko‘zlangan maqsad yo‘lida moliyalashtirishga imkon beradi. Muqobil loyihalarni o‘zaro taqqoslash, eng avvalo:

  • ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga;

  • vaqt omiliga;

  • yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo‘yicha bajariladigan ish (xizmat) hajmiga;

  • ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga (atrof-muhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda);

  • moliyaviy ko‘rsatkichlarga (narx darajasi, inflyasiya va kredit uchun foiz stavkalari darajalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim.

Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga borliq bo‘ladi. Bu bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, haridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va yuqori foyda aso­sida sotishga qaratilgan bo‘ladi. Lekin loyihalarning texnologik tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha quvvatining bosqichma-bosqich uzlashtirilishi va mahsulotni sotish jarayoni kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish zarur.
1-misol. Faraz qilayliq yangi qurilgan ko‘p qavatli axoli uylarini isitish uchun korxona isitish va energiya ta’minotining ko‘mir, gaz, mazut turlari­dan birini tanlashi lozim. Yuqori darajadagi ener­giya ta’minotiga erishish uchun barcha usullarning taqqoslama tahlil o‘tkaziladi (bunda ta’lilning oddiy va tushunarli bo‘lishi uchun biz investitsiya loyihalarining barcha variantlarining hayotiylik davri bir xil - 4 yilga teng deb faraz qilamiz) va ular quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling