1. Jamiyat ishiga sadoqati, etarli ma’naviy ma’rifiy, siyosiy tayyorgarligi bormi va o’z jamoasida tarbiyaviy ishlar olib bora oladimi?
2. O’zi tayinlanayotgan lavozim uchun etarli nazariy tayyorgarligi bormi, iqtisodiy, huquqiy, texnikaviy bilim, umumiy ma’lumoti mos keladimi?
3. Shu sohada ishlab, etarli tajriba orttirganmi, qaysi lavozimlarda qancha muddat ishlagan, o’z vazifasini muvaffaqiyatli bajarganmi?
4. Mehnatsevarli, o’z ishiga vijdonan munosabatda bo’ldimi, burch va mas’uliyatni chuqur his etdimi?
5. Odamlarga ta’sir qila oladimi, ahil va jipslashgan jamoani vujudga keltiradigan qanday qobiliyatlari bor?
6. Odamlar bilan ishlab keta oladimi?
7. Odamlarni tushuna oladimi, ishga va bir-biriga mos keladigan xodimlarni tanlashga qodirmi?
8. Serg’ayratli, irodasi mustahkam, dadilligi, saboti va osoyishtaligi qanday?
9. Yangilikka qiziqadimi, ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarini qidirib topa oladimi, undan foydalanishda tashabbus ko’rsata oladimi?
10.O’zi bilan bo’ysinuvchi xodimlar o’rtasida funktsiya va mas’uliyatni to’g’ri taqsimlash qobiliyatiga egami?
11.O’zi intizomlimi, o’ziga bo’ysinuvchi xodimlarning intizomini saqlashga qodirmi?
12.Halollik, oddiylik, haqiqatgo’ylik, kamtarlik, jasurlik kabi axloqiy fazilatlari yetarlimi?
13.Laganbardorlikka, amalparastlikka moyillik ko’rsatadimi?
14.Adolatlimi, odamlarga g’amxo’rlik qilishga qobiliyatlimi yoki ko’proq o’zi haqida o’ylaydimi?
15. U bilan munosabatda bo’lgan kishilarda qanday taassurot qoldiradi, o’zining xulqi va xushmuomalaligi, mehribonligi, sabr-toqati va o’zini tuta bilishi bilan odamlarning xayrixohligi va ishonchini qozona oladimi yoki ortiqcha mahmadonoligi, qo’rsligi, dag’alligi bilan odamlarning jahlini chiqaradimi?
16.O’z ishini tashkil qilishga, kelgusi, istiqbolli masalalarga vaqt ajarata oladimi yoki faqat kundalik ishlar bilan band bo’lib qoladimi?
17.O’z malakasini oshirish ustida qanchalik sabot bilan ishlaydi?
18.Sog’lig’i, jismoniy chiniqish, ish qobiliyati qanday?
|