Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
4.7. Maqsadlar daraxti usuli
Maxsus tadqiqot usullarida “maqsadlar daraxti” usulidan ham foydalaniladi. Boshqaruv maqsadlari va vazifalarining soni va turlari shunchalik ko‘pki, hech bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim ularning tarkibini kompleks yondashuvsiz tadqiq eta olmaydi. Qulay va sinalgan usul sifatida daraxt ko‘rinishdagi maqsadlar modelini qurishdan – “maqsadlar daraxti”dan foydalanish mumkin. “Maqsadlar daraxti” yordamida ularning tartibga solingan ierarxiyasi tavsiflanadiki, buning uchun asosiy maqsad quyidagi qoidalar asosida kichik maqsadlarga dekompozitsiya qilinadi: chizmaning cho‘qqisida joylashgan umumiy maqsad pirovard natijaning tavsifiga ega bo‘lishi kerak; umumiy maqsadni maqsadlarning ierarxik tuzilmasiga yoyishda shundan kelib chiqiladiki, har bir keyingi darajadagi kichik maqsadlarni amalga oshirish oldingi darajadagi maqsadga erishishning zaruriy va etarli sharti hisoblanadi. turli darajalardagi maqsadlarni ifodalashda ko‘ngildagi natijalarni olish usullarini emas, balki shu natijalarni tavsiflash zarur; har bir darajadagi kichik maqsadlar bir-biridan mustaqil va bir-biridan kelib chiqmaydigan bo‘lishi kerak; “maqsadlar daraxti” poydevori ma’lum yo‘llar bilan va oldindan belgilangan muddatlarda bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarni ifodalovchi vazifalardan iborat bo‘lishi zarur. Dekompozitsiyalash darajalarining soni qo‘yilgan maqsadlarning ko‘lami va murakkabligiga, tashkilotda qabul qilingan tuzilmaga, tashkilot boshqaruv tizimi tuzilishining ierarxiyaliligiga bog‘liq. 115 Tadqiqotda nafaqat maqsadlar ierarxiyasini, balki uning ma’lum vaqt oralig‘idagi dinamikasini ham modellashtirish muhim jihat hisoblanadi. Dinamik model ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning strategiyasini amalga oshiruvchi istiqbolli rejalarini ishlab chiqishda foydali. Ushbu usullarning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Ular turli, ba’zan esa zid narsalarni birlashtiradi, va bu ularni qo‘llashdan olingan samaraning asosini tashkil qiladi. Ushbu usullarning farqlanishi – tadqiqot metodologiyasi va tashkil etilishini birlashtirish, yondashuvlar va eng sodda usullarning kombinatsiyasida. Ushbu usullardan har birini alohida olingan holda tavsiflash va ko‘rib chiqish zarur. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling