«Metallurgiya» kafedrasi «Po’lat ishlab chiqarish texnologiyasi»
KISLORODLI KONVERTER SHIXTA MAHSULOTLARIGA QO’YILGAN TALABLAR
Download 208.35 Kb.
|
17Г1С markali kam legirlangan po’latni kislorodli konverterda olish texnologiyasini tanlash va hisoblash.tayyor
1.2 KISLORODLI KONVERTER SHIXTA MAHSULOTLARIGA QO’YILGAN TALABLAR.Kislorodli konverter jarayoning asosiy shixta mahsulotlari bu: cho’yan,po’lat lom,oxak,Fe rudasi,boksit,dala shpati.Ayrim hollarda metal zangi,aglomerat,qizdirilgan bo’laklar,oxak rudasi briketlari,marganes rudasi va oxaktosh. Kislorodli konverterda xar qanday kimyoviy tarkibli cho’yanni qayta ishlash imkoni mavjud.Turli xil zavodlarda qo’llanilayotgan cho’yanlarning tarkibi bir birida keskin farq qiladi.Masalan: C 3.7-4.4 %, Mn 0.4-2.5 %, Si 0.3-1.7 %, S 0.03-0.08 % va P 0.3 % > % li bo’lishi mumkin.Lekin amaliyot shuni ko’rsatadiki cho’yanning tarkibi malum bir tarkibga ega bo’lib undagi barcha elementlar miqdori unchalik katta bo’lmagan tafovutga ega bo’lsa jarayon bir meyorda davom etadi. Agar cho’yan tarkibida Si miqdori ko’payib ketsa bu oxakni sarf bo’lishiga,shlak miqdorini ortishiga va otqin sodir bo’lishiga olib keladi.Aksincha uning miqdori kamayib ketsa shlak hosil bo’lish jarayon sekinlashib ketadi Cho’yan tarkibida Mn miqdorining kamayishi xam shlak xosil bo’lish jarayonni sekinlashtirib yuboradi.Chunki MnO oxakni erishini tezlatadi.Agar Mn miqdori ko’p bo’lsa hosil bo’lsa agar (kuyindi) po’lat sifatini buzib yuboradi. Qayta ishlanayotgan cho’yan tarkibidagi P miqdori odatda 0.3 % dan ko’p bo’lmasligi kerak. Iloji boricha 0.15 % dank am bo’lgan P li cho’yan bilan ishlash kerak.Shunda eritishda bir marta shlak olinadi.Agar bu miqdor 0.15-0.3 % gacha bo’lsa unda 2 marta shlak olinadi.Bu esa konverterni ishlab chiqarish unumdorligini tushirib yuboradi. Oltingugurtsizlantirish (desulfurizatsiya ) konverterda to’liq bormasligi sababli cho’yan tarkibidagi S miqdori 0.07 % ortiq bo’lmasligi kerak. Konverterda qayta ishlanayotgan cho’yanning harorati odatda 1250-1400 0 C bo’ladi.Bundan past haroratdagi cho’yan qayta ishlansa shlak hosil bo’lish jarayon sekinlashib ketadi. Yuklanayotgan po’lat lomlarga esa barcha po’lat olish usullaridagi kabi talab yaniy zararli qo’shimchalarni va zangni kam bo’lishi talab etiladi.Bundan tashqari lom bo’laklariga ham talab mavjud bo’lib bu misol uchun 100 T va undan katta sig’imli konverterlarga lom bo’laklarining o’lchami: 300 x 300 x 1000 mm dan katta bo’lmasligi kerak. Oxak shlakni qoplash uchun xizmat qiladi.U yangi kuydirilgan va 90 % dan ko’p CaO,3 % dan kam SiO2 va 0.1 % dan kam S tarkibli bo’lishi kerak.Agar S miqdori 0.1 % dan ko’p bo’lsa eritish vaqtida shlakdan metal tarkibiga o’tishi mumkin.Yuklanayotgan oxak bo’laklarining o’lchami 20-60 mm dan kichik bo’lmasligi kerak.Chunki bo’laklar bundan mayda bo’lsa eritish vaqtida gaz bilan qo’shilib chiqib ketadi.Bu talab Fe rudasi bo’laklariga xam qo’yiladi.Ular 10-100 mm gacha bo’lishlari kerak.Tarkibi esa 62 % dan ko’p Fe va 8 % dan kam SiO2 li bo’lishi kerak. Boksit va dala shpatini shlakni suyultirish maqsadida qo’llaniladi. Konverterda qo’llaniladigan boksid Б6 markali bo’lib quyidagicha tarkibga ega: 37-50 % Al2O3,10-20 % SiO2 va 12-25 % Fe2O3 bundan tashqari 10-20 % namlik bo’lganligi sababli uni qo’llashdan oldin quritib olinadi. Dala shpati shlakni suyultirishda nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Chunki uning tarkibini 85-95 % CaF2 tashkil etadi. Download 208.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling