«Metallurgiya» kafedrasi «Po’lat ishlab chiqarish texnologiyasi»


Download 208.35 Kb.
bet5/8
Sana25.04.2023
Hajmi208.35 Kb.
#1399279
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17Г1С markali kam legirlangan po’latni kislorodli konverterda olish texnologiyasini tanlash va hisoblash.tayyor

1.3 ERITISH JARAYONI TEXNOLOGIYASI.


Eritishni borishi.
Dastlab konverter futerovkasi ko’zdan kechiriladi. Agar futerovkaning yemirilgan joylari bo’lmasa po’lat lom yuklashga kirishiladi.Lomlarning converter gorlovinasidan qayiqsimon mashinalar yordamida yuklanadi.Keyin cho’yan tashuvchi kovushlarda suyuq cho’yan quyiladi.Cho’yan quyilgan konverter vertikal xolatga keltirilib furma tushiriladi va shlak xosil qiluvchi qo’shimchalar ( oxak,boksit yoki dala shpati ) va Fe rudasi ( qo’shimchalarni 2/3 qismi miqdorida) qo’shiladi.
Kislorod furmasini qat’iyan belgilangan holatda o’rnatiladi. Berilayotgan O2 bosimining yuqoriligi ( 0.9-1.4 Mn/m2 yoki 9-14 at ) metaliga kirib borib uni shlak bilan aralashtiradi.Berilayotgan O2 jadal tarzda cho’yan tarkibidagi qo’shimchalarni: C,Si,P,Mn va qisman Fe ni oksidlash boshlaydi.
Bu jarayonni yana bir o’ziga xos tomonlaridan biri bu kislorod furmasi ostida yuqori xaroratni ( 2400 oC ) hosil bo’lishidir.
O2 purkash davri konverter hajmi va berilayotgan O2 tezligiga bog’liq holda 14-24 min gacha bo’lishi mumkin.Eritish olinishi kerak bo’lgan po’lat markasidan C miqdoriga yetgan vaqtda to’xtatiladi.Bu vaqtda po’latning xarorati 1580-1650 oC yetgan bo’ladi.Purkashni to’xtatish vaqtini sarf bo’lgan O2 miqdori,purkash vaqti,alanga va uchqunlarning rangiga qarab aniqlanadi.
Purkash tugagandan keyin furma ko’tarib olinib converter gorizontal xolatga qayirila va undan taxlil uchun namuna olinadi va metal xarorati o’lchanadi.Olingan namuna tarkibidagi C miqdori ekspress taxlil orqali aniqlanadi.Ayrim xollarda Mn miqdori xam aniqlanadi.Olingan taxlil natijalariga asosan metal quyiladi yoki jarayon to’g’rilash boshlanadi.
Bu jarayonni to’g’rilash ishlari quyidagicha bo’lishi mumkin:

1. Agar C miqdori ko’p bo’lsa qisqa vaqtli purkash amalga oshiriladi.


2. Agar harorat yuqori bo’lsa konverterga sovutuvchilar yuklanadi.Bular-yengil lomlar,ruda,oxak,oxaktosh va boshqalar yuklanadi va 3-4 min ushlab turiladi.
3. Agar harorat past bo’lsa-furmani yuqoriroq ko’tarib purkaladi yoki ferromarganes qo’shib purkaladi.
4. Agar Mn miqdori kam bo’lsa-unda ham furma yuqoriroq ko’tarilib purkaladi.
5.Agar C miqdori kam bo’lsa-metallni kovishga quyayotgan vaqtda unga yanchilgan koks yoki grafit qo’shiladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan to’g’rilash ishlari ichida faqatgina oxirgi ish ishlab chiqarish unumdorligiga tasir etmaydi.Qolgan hamma to’g’rilash ishlari ishlab chiqarish unumdorligiga salbiy tasir etadi.
Kerakli bo’lgan to’g’rilash ishlari amalga oshirilgandan keyin konverterni qiyalatib metal kovishiga metal quyib olinadi.Metall sovib qolmasligi uchun uning yuzasiga 200-300 mm qalinlikda shlak ham quyiladi.
Purkash tartibi.
Konverter vannasiga berilayotgan kislorodning purkash tartibi,shlak hosil bo’lishiga,suyuq po’latning tarkibiga va chiqishiga,purkash vaqtiga,futerovka yemirilmasligiga katta ta’sir ko’rsatadi.Purkash tartibining asosiy ko’rsatkichlariga berilayotgan kislorodning bosimi va tezligi kiradi.Bulardan tashqari yana kislorod oqimining soni,furma uchining tuzilishi,O2 oqimini vannaga kirish chuqurligi va kislorodning tozaligi xam asosiy ko’rsatkichlardandir.
Furmadan berilayotgan O2 adatda 0.9-1.4 Mn/m2 (9-14 atm) bosimda bo’ladi.Amalda bu bosim O2 metall bilan to’liq borishi va konverterda metal va shlakning aralashishini to’liq taminlay olishini isbotlagan.
Hozirgi zamonaviy kislorodli konverterlardagi O2 sarfi 70-1000 m3/min tashkil etadi. Berilayotgan O2 tezligi 1.8-4.0 m3/(T.min) ayrim xollarda bu ko’rsatgich 5m3/(T.min) gacha yetishi mumkin. Lekin O2 oqim tezligini bundanda ishirish konverterdan metal va shlakni otilib chiqishini ko’paytiradi.Bundantashqari tezlik bilan chiqayotgan gazlar ularning tomchilarini ham olib chiqib ketadi.
Uch yoki to’rt soploli furmalarni joriy etilishi konverterlarni ishlashini tubdan o’zgartirib yubordi.Chunki berilayotgan O2 oqimining kinetik energiya pasayadi va metal va shlakni otilib chiqishi kamayadi.


Download 208.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling