«Metallurgiya» kafedrasi «Po’lat ishlab chiqarish texnologiyasi»


Download 208.35 Kb.
bet1/8
Sana25.04.2023
Hajmi208.35 Kb.
#1399279
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17Г1С markali kam legirlangan po’latni kislorodli konverterda olish texnologiyasini tanlash va hisoblash.tayyor





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI

« Metallurgiya » kafedrasi
«Po’lat ishlab chiqarish texnologiyasi » fanidan


Kurs ishi


Mavzu:17Г1С markali kam legirlangan po’latni kislorodli konverterda olish texnologiyasini tanlash va hisoblash.

Bajardi:


Qabul qildi: ass Qarshiyev H.K

Olmaliq 2022.


MUNDARIJA


KIRISH. 2
I.NAZARIY QISM. 4
1.1 KISLORODLI KONVERTERNING TUZILISHI 8
1.2 KISLORODLI KONVERTER SHIXTA MAHSULOTLARIGA QO’YILGAN TALABLAR. 11
1.3 ERITISH JARAYONI TEXNOLOGIYASI. 13
II. KISLORODLI KONVERTERNING NAMUNALI HISOBI. 15
2.1 Material balansi. 16
2.2 Kislorodli konverteridan ajralayotgan shlakni miqdori va tarkibini aniqlash. 17
2.3 Kislorodli konverterdan ajralayotgan gazning tarkibini aniqlash. 19
2.4 Kislorodli konverterning asosiy o’lchamlarini aniqlash. 21
2.5 Kislorod konverterining issiqlik balansini hisoblash. 23
TEXNIKA XAVFSIZLIGI. 29
XULOSA. 31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 32


KIRISH.


O’zbekistonda qora va rangli metall parchalarini sotib olish va qayta ishlash bo’yicha monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda.
O’zbekistonda 2020—2021-yillarda iqtisodiy o’sishni tiklash doirasida qora va rangli metallarning parchalari, chiqindilarni sotib olish va ularni qayta ishlash bo’yicha monopoliya tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 29-avgustdagi 2020—2021-yillarda iqtisodiy o’sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarorida ma‘lum qilingan.
Qaror bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sishni tiklash va tizimli tarkibiy o’zgarishlarni davom ettirish bo’yicha 2020-2021- yillardagi amaliy harakatlar rejasiga ko’ra, mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlarini qidirish ulushini 2020-yilda 35 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
Istiqbolli maydonlarni qidirishni 2021-yilda 40 foizga yetkazish, kvars qumi, dolomit, pardozbop toshlar, bazalt, grafit kabi bozorbop noruda qazilmalarni izlash ulushini keskin oshirish, geologik hisobotlarni raqamli formatga o’tkazish hamda jahon talablariga mos elektron ma‘lumotlar bazasini yaratish ko’zlangan.
Tadbirkorlik subyektlarining kichik quyuv tsexlarini yaratish loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini cheklaydigan qora va rangli metallarning parchalari, chiqindilarni sotib olish va ularni qayta ishlash bo‗yicha monopoliya tartibini bekor qilish ham rejalashtirilmoqda.
Metallurgiya va geologiya sanoatida kon-transport kompleksini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish orqali Yoshlik-I konini o’zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish ko’zda tutilgan. Shuningdek, qimmatli komponentlarni ajratib olib tovar mahsulotiga aylantirish imkonini beruvchi, birlamchi ishlab chiqarish va boyitishda, shuningdek, ikkilamchi texnogen xomashyodan yo’ldosh metallarni ajratib oluvchi yangi texnologiyalarini ishlab chiqarish rejaga kiritilgan.
Tasdiqlangan rejaga asosan kamyob elementlar, volfram, molibden, qalay, nikel kabi, shu jumladan, kam tonnali mineral xomashyo konlarida tadqiqot ishlarini olib borish, kompleks qayta ishlash bo’yicha yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va ushbu metallarni ishlab chiqarish bo’yicha yangi loyihalarni tashkil etish ko’zda tutilgan. Shuningdek, kukunli metallar va rangli metallarni qayta ishlash, zanglamaydigan po’latdan yasalgan buyumlar va undan navli prokat ishlab chiqarish uchun ustuvor texnologiyalarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Plast suvlar, minerallashgan suv kabi mineral gidroresurslarni sanoat ishlab chiqarishga jalb etish uchun kamyob metallardan tuzlarni ajratib olish bo’yicha ixtisoslashgan ishlab chiqarish yaratiladi. Rangli metallarga asoslangan holda yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlar ulushi ichki bozordagi talabning umumiy hajmidan kelib chiqib oshiriladi, yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun davlat-xususiy sherikchilik mexanizmidan foydalangan holda yangi obyektlar qurilishi moliyalashtiriladi.



Download 208.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling