«Metallurgiya» kafedrasi «Po’lat ishlab chiqarish texnologiyasi»


KISLORODLI KONVERTERNING TUZILISHI


Download 208.35 Kb.
bet3/8
Sana25.04.2023
Hajmi208.35 Kb.
#1399279
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17Г1С markali kam legirlangan po’latni kislorodli konverterda olish texnologiyasini tanlash va hisoblash.tayyor

1.1 KISLORODLI KONVERTERNING TUZILISHI


Hozirgi kunda 20-350 t hajmga ega korverterlar mavjud.
Kislorodli konverter noksimon ko’rinishga ega bo’lib ustki qismi po’lat listdan tayyorlanadi.Ichki qismi olovbardosh material bilan qoplanadi.Uning yuqori bo’g’iz qismi ochiq bo’lib Gorlovina deb ataladi.Bu gorlovina konverter yuzasiga O2 furmasini tushirish,gazlarni chiqarish,cho’yanni quyish,shlak xosil qiluvchi materiallarni yuklash,shlakni to’kib olish uchun xizmat qiladi.
Ustki qismini qalinligi 20-110 mm gacha bo’lgan po’lat listlarni payvandlash usuli orqali tayyorlanadi.Ustki qismi kojux,sapfa orqali podshipniklar tiraladi.Podshipniklar esa pastki tiragichlar staninaga o’rnatiladi.Konverter sapfalar orqali gorizontal o’qi atrofida 3600 C aylana oladi.Konverterni aylanishi texnologik jarayonlarni boorish uchun zarur.Bular cho‘yanni quyish,skrap solish,po’latni va shlakni to’kish va boshqalar.Kislorod purkash vaqtida konverter vertikal holatda bo’ladi.
Konverterni aylantirish mexanizmi 2 yoki undan ortiq shesternali elektro dvigatellardan yoki reduktorlardan tashkil topgan bo’ladi.Konverterning aylanish tezligi 1-0.1 ayl/min. gacha bo’lishi mumkin.
Kichik va o’rtacha sig’imga ega konverterlar bir tomonlama aylanish mexanizmiga ega bo’ladi. Katta sig’imli konverterlar esa bir xil sinxron ishlovchi ta mexanizmdan iborat bo’ladi.
Sapfa tog’ridan tog’ri kojuxga yoki kojuxga ma‘lum bir oraliq qoldirib birikkan massiv belbog’ga birikadi.Ayrim hollarda bu kuch belbog’ini suv bilan sovutiladigan ham qilib tayyorlanadi.
Konverterlarni kojuxining tashqi ko’rinishiga qarab 2 turga ajratish mumkin. 1- turda konverterning tub qismi o’rtaga silindrga birikkan bo’ladi.2-turda esa tub qismi to’g’ri kojuxning silindrik qismiga birikkan bo’ladi.
Konverter kojuxini to’liq payvandlash orqali yoki tag qismini ajraladigan qilib tayyorlanadi.Chunki konverterning bu qismi yuqori harorat oqibatida tez yemiriladi va almashtirib turiladi.
Yuqori maxsus qalpoq qismida letka yoki darcha bo’lib u po’latni chiqarish uchun mo’ljallangan.
Afzallik tomoni metallni shlak bilan aralashishini kamaytiradi.Kislorod konverterning futerovka va furmasi.
Kislorodli konverterlarning futerovkasini ( ichki qoplama ) odatda 3 qatlamli qilib tayyorlanadi.
1-Armatura qatlami-pech kojuxiga birikkan qatlam bo’lib qalinligi 110-250 mm, magnezitli yoki xromamagnezitli olovbardosh g’ishtlardan tayyorlanadi va ko’p vaqt davomida xizmat qiladi.
2-Zichlangan qatlam-armatura va ishchi qatlamlar orasidagi qatlam.Qalinligi 70-100 mm, gacha bo’lgan bu qatlamni magnezitli yoki dolomitosmolali maxsulotni zichlash orqali tayyorlanadi.
3-Ishchi qatlam-konverter hajmida kelib chiqqan holda 380-750 mm bo’lishi mumkin. Uni smoladolomitli g’ishtlardan tayyorlanadi.Konverter qoplamasining umumiy qalinligi 50 t dan 300 t gacha bo’lganlariniki 700-1000 mm gacha bo’lishi mumkin.Ayrim xollarda qoplamani ko’proq yemiriladigan joyini ishchi qatlamini qalinroq xam qilinadi.Bu ishchi qatlamda foydalanilayotgan smoladolomitli g’ishtlarni quyidagicha tayyorlanadi:
Kuydirilgan dolomit va biriktiruvchi sifatida toshko’mir smolasini kuydirilganidan foydalaniladi.Bularning nisbati esa 96-4 % dan 91-9 % gacha bo’lishi mumkin.Bundan tashqari smola dolomitomagnezitli,magnezitli yoki magnezitoxromitli olovbardosh mahsulotlardan xam foydalansa bo’ladi lekin ularning tannarxlari qimmat bo’lganligi sababli kam foydalaniladi.
Odatda smola bilan biriktirilgan g’ishtlarni kuydirilmagan xolida foydalaniladi.Qoplama tayyorlangandan keyin mazut forsunkalari yoki koks bilan tezda 1100-1200 0 C da kuydiriladi.Kuydirilgandan keyin xosil bo’lgan koks qoldig’i plyonkasi dolomit zarrachalarini biriktiradi va shlak yemirmasligini oldini oladi.Konverter ishchi vaqtida xosil bo’lgan tiklovchi muxit ( 85-90 % CO ) bu koks plyonkasini uzoq vaqt saqlanib turishiga xizmat qiladi. Qoplamani ko’proq po’lat chiquvchi oyna atrofi,shlak qatlami doirasi,yuklanayotgan shixta bo’laklari tushish joyi va gorlovina qismlari yemiriladi.
Qoplamani yemirilishiga shlak va harorat muhiti katta ta‘sir ko’rsatadi.Yuqori harorat shlak va metallni qizdirib futerovkani yumshatadi.Yumshagan qatlam shlak va metal bilan oson birikadi va buning oqibatida yemirilish kuzatiladi.Bundan tashqari shlak tarkibida FeO ko’payishi xam futerovka yemirilishini tezlatadi.Sababi qoplama tarkibidagi Ca Ova MgO lari bilan FeO yengil eruvchi birikmalarni xosil qiladi.Shlak tarkibidagi FeO ning miqdori olinayotgan po’lat tarkibidagi C ning miqdori bilan bog’liq,metal tarkibida C miqdori kamaygan sari shlak tarkibida FeO miqdori ko’payib boradi.Shuning uchun kam C li po’lat olishda qoplamaning yemirilishi ko’payadi va chidamliligi kamayadi.
Qoplamani yemirilgan qismini tizimli ravishda tamirlab turiladi.Masalan metal chiqaruvchi darcha atrofini har 40-60 ta eritishdan keyin ta‘mirlanadi.Bu ta‘mirlashda qo’llaniladigan qorishma quyidagi tarkibda bo’ladi: 90 % yanchilgan magnezit,5 % magniysulfati va 4-5 % suyuq oyna.
Smola dolomitli qoplama chidamliligi 400-800 marta eritishga yetadi.Shunda 1t metal olish uchun 2 kg dan 6 kg gacha olovbardosh mahsulot sarf bo’ladi.Bu ko’rsatgich po’lat olishning boshqa usullari bo’lgan marten jarayoni va elektr yoyli eritishda bir necha barobar ko’p.
Kislorod furmasi.
Konverterga kislorod 0.9-1.4 Mn/m2-(9-14 at) bosim bilan suv bilan sovitiluvchi furma orqali beriladi.Furma konverter o’qiga nisbatan to’g’ri qilib vertikal o’rnatilgan bo’lib metal vannasiga nisbatan masofasini o’zgartirib turish mumkin. Tinch turgan vanna va furma orasidagi masofa pechning sig’imiga qarab 0.7-3.0 m gacha bo’lishi mumkin.Furmani ko’tarib tushiruvchi mexanizmi,konverterni aylantiruvchi mexanizmi bilan bog’liq.
Kislorod markazdan beriladigan furmalardan ko’proq foydalaniladi.Ular quyidagicha tuzilishga ega.Bir biriga kiruvchi 3 ta po’lat truba va past qismigabiriktiriluvchi misdan tayyorlangan soplali kallagdan ( golovka ) iborat.Bunda yon devorlardan sovuq suv yurib o’rtadagi oraliqdan qaytadi. Markazdan esa kislorod beriladi.Bundan tashqari markazdan sovuq suv berilib yon devorlardan qaytadigan va kislorod o’rta oraliqdan beriladigan furma turlari xam mavjud.
Furma kallagi xar xil tuzilishga ega bo’lib po’lat quvurga rezba yardamida qotirilishi yoki payvandlab biriktirilishi mumkin.Bularning ichida eng oddiysi bir soplaligidir.Sopla xam oddiy silindr shakilli yoki Lavall soplali bo’lishi mumkin.

Download 208.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling