Металлургия саноатини ташкил этиш


Download 0.72 Mb.
bet48/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

Qo‘ymachilik tayyor mashina detallari ishlab chiqarishda keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. 70% ga yaqin tayyor detal qo‘ymachilik bilan olinadi, mashinasozlikning ayrim sohalarida, misol uchun, stanoksozlikda 90% ga yaqin shu yo‘l bilan olinadi. Mashinasozlik yoki asbobsozlikning hech bir tarmog‘i yo‘qki, qo‘yma detallar ishlatilmasa. Qo‘ymachilik sanoatining bunday keng tarqalishi tayyor detal tayyorlashning boshqa usullari (kovka, shtampovka) ga qaraganda ata afzalliklarga ega ekanligi bilan izohlanadi: qo‘ymachilik bilan deyarli istagan murakablikdagi detallarni minimal yo‘qotishlar bilan tayyorlash mumkin, bu metall sarfini kamaytiradi, kesib ishlov berishga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi, mahsulotning tannarxini kamaytiradi.

Hozirgi vaqtda qo‘ymalarning ko‘pchiligi bir martalik formalarda qo‘yiladi. Bu usulning olib borilishi qo‘yidagicha: tayyorlanayotgan detalning natural o‘lchamidan sal kattaroq bo‘lgan nusxadan tashkil topgan model yordamida formovka aralashmasida detalga o‘xshagan bo‘sh bo‘shliq hosil qilinadi, keyin u eritilgan metall bilan to‘ldiriladi.

Formovka aralashmasi – uch komponent: asosiy (qum, glina), bog‘lovchi va qo‘shimchalardan tashkil topgan sochma mahsulot bo‘lib, undan forma tayyorlanadi. Qo‘ymachilik sanoatida bir martalik, yarimdoimiy va doimiy formalar ishlatiladi. Modellar yog‘och, metall, platmassadan tayyorlanadi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling