Metallurgiya


 Konvertorlarda po‘lat ishlab chiqarish


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

7.3.2. Konvertorlarda po‘lat ishlab chiqarish
Ma'lumki, Bessemer va Tomas konvertorlarida po‘lat ishlab chiqarish 
usullarining qator kamchiliklari tufayli ularda sifatli po‘lat olish ancha cheklanadi. 
Mamlakatimizda 1953 yildan boshlab asosli konvertorlarga quyilgan qayta 


198 
ishlanadigan cho‘yan sathiga texnik toza kislorod haydash yo‘li bilan turli markali 
uglerodli va kam legirlangan po‘latlar olish usullari qo‘llanila boshladi. Bu usul 
oddiyligi va ixchamligi, yoqilgi talab etmasligi, po‘latda azot va vodorod 
gazlarining kamligi, kapital mablag‘larini kam talab etishi, chiqindalarni ko‘proq 
qayta ishlashga imkon berishi sababli sanoatda borgan sari keng qo‘llanmoqda. 
Dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan po‘latlarning 1960 yilda 3 - 4%, 
1965 yilda 25%, 1980 yilda 40%198, 5 yilda 60 - 70% dan ortiqrog‘i shu usulda 
olindi.
Konvertorlarning tuzilishi va ishlashi. Konvertor noksimon ko‘rinishdagi 
tagi berk idish devorining qalinligi 400 - 800 mm oralig‘ida bo‘lib, dolyumit, 
smola, dolomit, smola, dolomit yoki magnezit (40 - 60% MgO, 30 - 55% CaO, 5 - 
8% toshko‘mir smolasi) g‘ishtlardan teriladi.(28 – rasm, a). Sirtidan esa 20 - 100 
mm li po‘lat list bilan qoplanadi. U sapfalar yordamida stanina tayanchlariga 
o‘rnatiladi. Konverterga metall chiqindilarini yuklash, cho‘yan quyish, po‘lat va 
shlakni chiqarishda gorizontal o‘q atrofida zarur burchakka buriladi. Konvertor, 
kislorod haydovchi furma (mis naycha) bilan shunday biriktirilganki, bunda furma, 
konvertordan chiqarilmaguncha uni o‘qi atrofida aylantirib bo‘lmaydi. 
Konvertorning tepasiga chiqayotgan gazlarni yig‘uvchi qurilma o‘rnatiladi. 
28-rasm. Kislorod konvertorining tuzilishi va ishlash prinsipi 


199 
Konvertorlarning sig‘imi 100…350 t va undan ortiq bo‘ladi. Masalan, 
sig‘imi 300 t li konvertorning ish bo‘shlig‘i balandligi 9 m bo‘lsa, diametri 7 m ga 
yaqin, og‘zining diametri 3,5 m va vanna chuqurligi 1,7 mm bo‘ladi. Odatda po‘lat 
400 - 800 marta eritilgandan keyin konvertor tuzatiladi. Bu konvertorda yiliga 2 - 
2,5 mln. t po‘lat olinadi. 
Konvertorni ishga tushirishdan oldin ish yuzlari ishga yaroqliligiga to‘la 
ishonch hosil qilingach, po‘lat chiqarish teshigi o‘tga chidamli materialdan 
tayyorlangan tiqin bilan berkitiladi. So‘ngra uni 28-rasmda ko‘rsatilgan «1» 
holatga keltirib, avval unga yuklash mashinasi yordamida og‘zidan qora metall 
chiqindilar (cho‘yan massasining 25 - 30% igacha, so‘ngra 1250 - 1400ºC 
temperaturali qayta ishlanadigan cho‘yan quyiladi («2» holat), keyin ma'lum 
miqdorda ohaktosh (zarur bo‘lsa temir ruda) kiritilib konvertor vertikal holatga 
keltiriladi («3» holat). Suyuq metall sathiga 300 - 800 mm (katta konvertorlarda 3 
m gacha) yetmagan holda furma naycha tushirilib, u orqali 0,9 - 1,4 MPa (9 - 14 
kg/sm
2
) bosimda kislorod haydaladi. Bunda furma erimasligi uchun uning havo 
devorlaridan 0,6 - 1,0 MPa bosimda sovuq suv haydab turiladi. Odatda, har 
minutda haydalayotgan suv miqdori 5000 l ga yetadi. 
Suyuq cho‘yan sathiga haydalayotgan kislorod metallni shiddat bilan 
aralashtirib oksidlaydi, Fe ni oksidlaydi, pech temperaturasi ko‘tariladi. Bu 
oksidlar ohak bilan birikib shlak hosil qiladi. Shuni ham qayd etish lozimki, fosfori 
ko‘p (P>0,3%) cho‘yanlardan po‘lat olishda, shlakdagi fosfor qaytarilib metallga 
o‘tmasligi uchun konvertorga kislorod haydashni to‘xtatib, fosforga to‘yingan 
shlakni konvertordan chiqarib tashlash kerak. 
Metalldagi oltingugurtni ohak bilan bog‘lab shlakka o‘tkazish uchun 
konvertorga ko‘proq ohaktosh kiritish zarur. 
Eritilayotgan po‘lat va shlakning kimyoviy tarkibi kuzatib turiladi. Buning 
uchun konvertordan furma chiqarilib, undan namuna metali olinib spektral analiz 
qilinadi. Agar, po‘lat kutilgan kimyoviy tarkibda bo‘lmasa, bunda konvertor 
vertikal holatga keltirilib, tuzatish operatsiyasini o‘tkazish lozim. Kutilgan tarkibga 
kelgach, po‘lat konvertordan kovshga quyiladi. Odatda, konvertorlardagi 


200 
temperatura 2000 - 2500ºC gacha ko‘tariladi, po‘lat olish sikli 50 - 60 minut 
davom etadi. Konvertor bir necha o‘nlab metrdagi boshqarish pultidan 
boshqariladi. Jarayonning davomliligi cho‘yan tarkibiga, massasiga, kislorodning 
tozaligiga, bosimiga, haydash vaqtiga va furmaning suyuq cho‘yan sathidan 
balandligiga bog‘lik bo‘ladi. Sig‘imi 250 t li konvertorga kislorod 0,9 - 1,4 mPa 
bosimda 25 - 30 minut haydalganda har bir tonna po‘lat olish uchun 50 - 60 m
3
tehnik kislorod sarflanadi. Shuni ham aytish kerakki, agar 300 t li konvertorda 
soatiga 400 - 500 t po‘lat olinsa, shunday hajmli marten pechida soatiga atigi 80 t 
po‘lat olinadi xolos. Konvertorda olingan po‘lat narxi marten pechida olingan 
po‘latdan 10 - 12 marta arzon bo‘ladi. 
Bu ilg‘or usul ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Suyuq cho‘yanning 
ko‘proq talab etilishi, 1 t po‘lat uchun 820 - 830 kg cho‘yan, metall kuyindisining 
ko‘pligi (6 - 9%), ancha miqdorda chang ajralishi shular jumlasidandir. 
Konvertorda po‘lat ishlab chiqarish hajmini υ, vaqtini t harflari bilan 
belgilasak, unda uning yillik ish unumini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling