Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNOLOGIK TALIM DARSLARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING O‘ZIGA HOS HUSUSIYATLARI VA ISTIQBOL TENDENSIYALARI Turonov Sardor
Aдабиётлар рўйхати:
1. Шарипов Ш.С., Воробьёв А.И., Муслимов Н.А., Исмоилова М. Касб таълими педагогикаси. – Т.: 2005.-58 б. 2. Шарипов Ш.С. ва бошқалар. Меҳнат таълими: Умумий ўрта таълим мактабларининг 5-синфи учун дарслик. – Т.: “Шарқ”, 2012.-240 б. 3. Шарипов Ш.С., Қўйсинов О.А., Абдуллаева Қ. Технология: Умумий ўрта таълим мактабларининг 6-синфи учун дарслик. – Т.: “Шарқ”, 2017.-240 б. 292 4. Шарипов Ш.С., Қўйсинов О.А., Абдуллаева Қ. Технология: Умумий ўрта таълим мактабларининг 7-синфи учун дарслик. – Т.: “Шарқ”, 2017.-240 б. 5. Холматов П.Қ.Негматов О.Технология фанини ўқитишда иннавацион ёндошувлар Мажмуа ЖBХТХҚТМОХМ 2021 6. Холматов П.Қ.Негматов О.Технология фанини ўқитиш методикаси Мажмуа. ЖBХТХҚТМОХМ 2021 TEXNOLOGIK TALIM DARSLARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING O‘ZIGA HOS HUSUSIYATLARI VA ISTIQBOL TENDENSIYALARI Turonov Sardor, JDPU Texnologik talim yo‘nalishi 2 bosqich magistri Hurmatli prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” nomli deb nomlangan asaridagi quyidagi fikrlar e’tiborga molik: “fazandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan,qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustivor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz”. Respublikamizda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish jarayonida bo‘layotgan o‘zgarishlar, ya’ni qabul qilingan qonun va farmoyishlar jamiyatimizning rivojlanishida muhim omillardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may PQ-241 son “Xalq ta'limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar doirasida mehnat bozorida mavjud bo‘lgan turli kasblar to‘g‘risida tushunchalar berish nazarda tutilgan. Bu qarorda kasb egalarining mehnat faoliyati bilan tanishtirish maqsadida 5-7 sinf o‘quvchilari uchun turli uchrashuv va sayyor darslarni tashkil etish, 7-9 sinf o‘quvchilarining kasbga moyilligini aniqlash bo‘yicha tashxislar o‘tkazib borish hamda natijalaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalari, hunarmandchilik markazlari va boshqa tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etish masalarini o‘z ichiga olgan. Shu bilan birga ijtimoiy- iqtisodiy salohiyati va o‘sish nuqtalariga muvofiq maktab o‘quvchilari uchun ustivor kasblarni belgilash hamda 10 va 11-sinf o‘quvchilarini ushbu kasblarga, shu jumladan kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari qisqa muddatli kurslar ochilgan ta'lim muasasalarida o‘qitish choralarini ko‘rish belgilab berilgan. Undan tashqari 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarning texnologiya fani ustaxonalarini hamda kasb-hunar amaliyoti xonalarini bosqichma-bosqich tashkil etish va jihozlash choralari belgilangan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki bilim, mehnat 293 ko‘nikmalari, malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o‘rgatish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida yashash manbai bo‘lgan mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirish, qiziqishi, mayl va qobiliyatiga xos kasb-hunar tanlashiga zamin yaratish texnologiya fanining asosiy maqsadi hisoblanadi. Texnologiya fani boshqa o‘quv fanlaridan o‘zining qator xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi fanni o‘qitishda amaliy mazmun ustuvorligi: - ishlab chiqarish bilan bevosita uzviy va chambarchas bog‘liqligi;mujassam fan ekanligi, ya’ni uni o‘qitishda o‘ndan ziyod o‘quv fanlari bilan aloqadorligi hamda bir necha mustaqil fanlarni qamrab olganligi;o‘qitishda o‘g‘il va qiz bolalar mehnatining o‘ziga xosligi; - shahar va qishloq maktablarining moddiy texnika jihatdan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liqligi; - texnologiya ta’limida va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchi va ustalar kasbiy mahoratining shakllanishi bilim, ko‘nikma va malakalarining o‘ziga xosligi; - o‘quvchilarni ilk maktab yoshidanoq kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilishi;kasb tanlashga yo‘llash ishlari texnologiya fani darslarining 1-9- sinflarida olib borilishi; - texnologiya fani o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichi o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirishga zamin yaratadi. Umumta’lim maktab o‘quvchilari texnologiya fanidan 1-9-sinflarda ishlab chiqarish va agrar sohalarga oid kasb-hunarlar bilan tanishadilar, faoliyatini o‘rganish bilan birga, ularning ish uslublarini o‘rganadilar. Bunda o‘quvchilar metall va metallmas buyumlarga ishlov berish usullarini (chizma chizish, loyihalash, konstruksiyalash, qirqish, biriktirish, yelimlash, pardozlash, dizaynerlik, bichish-tikish, to‘qish va boshqalar) bajarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. Bu borada ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’lim davlat standarti texnologiya ta’limining mazmunini, ta’lim oluvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining zarur va yetarli darajasini, o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining zaruriy o‘zagi hisoblanmish ta’lim standarti mamlakat hududidagi turli o‘quv muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi, o‘quv yuklamalari me’yoriga keltiriladi, o‘quvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O‘quvchi ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda kengroq, chuqurlashtirilgan bilim olishga va yuqori reyting bali to‘plash huquqiga ega. Natijada, qiyin yoki o‘quvchi xush ko‘rmaydigan predmetni o‘rganishda unda standartda belgilangan me’yor bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda o‘quvchi o‘zining qiziqishi, layoqati, qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, o‘zi uchun eng maqbul yo‘lni ongli va mustaqil tanlash imkoniga ega bo‘ladi. Texnologiya fanining davlat ta’lim standarti o‘quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablarning 294 ochiq bo‘lishini nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilar uchun shakl va mazmun jihatidan tushunarli tarzda ifoda qilingan mazkur talablar o‘quvchilar va ularning ota-onalariga oldindan ma’lum qilinadi. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha rivojlangan davlatlar agrar ishlab chiqarishdan sanoat ishlab chiqarishga, ya’ni yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan elektrotexnika va elektronika, robototexnika, avtomatlashtirilgan sanoat ishlab chiqarish davlatiga o‘tib bormoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirishda mutaxassislarning texnikaviy salohiyati muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislarning boshlang‘ich ko‘nikmalari aynan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya darslarida shakllantiriladi. Yangilangan ta’lim mazmunining hayotda to‘laqonli o‘z o‘rnini topib, kutilgan natijalarni berishi uchun tajriba-sinovdan o‘tkazilishi, sinov natijalari asosida takomillashtirilishi, undan keyingina amaliyotga joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. Eksperimentator o‘qituvchilar tomonidan aniqlab berildi. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning texnologiya ta’limi va kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish texnologiya fani va kasb-hunarga yo‘naltirishning istiqbol taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Texnologiya fanining istiqbol taraqqiyoti yangi pedagogik texnologiyalar va didaktik tizimlar yaratilishi hamda bevosita uzluksiz ta’lim amaliyotiga qo‘llanishi bilan belgilanadi. Yangi didaktik (o‘qish va o‘qitish) tizimlar texnologiya fanida quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:ta’lim- tarbiyadagi pedagogik texnologiyalar, qo‘llaniladigan mehnat vositalari, qurollari, qurilma va moslamalar, o‘quv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash; xorijiy rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar tajribalaridan respublikamiz xususiyatiga mos keladiganlarini takomillashtirib, qayta ishlab, ta’lim jarayonida qo‘llash; davlat va xususiy ta’lim muassasalaridagi umumiy va hunar ta’limi tizimlaridan namunalar tanlab olinadi, o‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasini belgilashda test, reyting kabi baholash usullaridan foydalanish;o‘quvchilarning ham aqliy, ham jismoniy jihatdan kamol topishiga, jamiyatda ishlab chiqarish jarayonida avtomatika, elektronika, robototexnika sohalarining rivojlanishiga, zamonaviy mutaxassislar guruhi shakllanishiga zamin yaratadi. Texnologiya fanidagi yangi maznun va isloxotlarni amalga oshirishida, turli o‘quv-tarbiyaviy, ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshirilishida vazirlik, maktab, oila, jamoatchilik xususiy va davlat tasarrufidagi muassasalar, firmalar, konsernlar, birlashmalar faol ishtirok etadilar. Texnologiya fanida yangi didaktik tizimlar o‘qitilayotgan fanlarning mazmuni, shakli, usullari, yo‘llari va vositalarini dasturli ta’lim asosida yangilanishini amalga oshiriladi. Maktabgacha umumiy o‘rta ta’lim maktablariprofesssional va OTM texnologiya ta’limni 2030 yilgacha asosiy uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilgan. Bular injener-texnologik, agrotexnologik va servis meto-fan robotatexnika va h.k. yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish konsepsiyasida Texnologiya fanining mazmuni, vazifasi va tashkil etish shakllari yagona ta’lim standartida aks ettiriladi. Konsepsiyani amaliyotga tatbiq etish quyidagi ilmiy, metodik, tashkiliy va moddiy-texnik shart-sharoitlarni amalga oshirishni talab etadi: Texnologiya fanini o‘qitishda uzluksiz ta’lim tizimining (uzluksizlik va 295 uzviylik) tamoyillariga qat’iy rioya qilish. Tayanch va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi texnologiya fanining mazmuni, maqsadi va vazifalarini, tashkil etish shakllarini, metodlari va vositalarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish. Ilmiy-pedagogik xodimlar, mutaxasssis o‘qituvchilar, murabbiy- tarbiyachilar tayyorlash tizimini takomillashtirish. Texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish. Texnologiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash konsepsiyasini ishlab chiqish; texnologiya va kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish. Texnologiya fani davlat ta’lim standartini o‘quvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanish qobiliyatlariga mos holda ishlab chiqilishi, uni namunaviy o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va turli ilmiy-uslubiy ishlanmalar majmualari bilan ta’minlash. Texnologiya fanining moddiy-texnik ta’minotini jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib mustahkamlash. Texnologiya fanini o‘qitishni takomillashtirish maqsadida umumta’lim va boshqa ta’lim-tarbiya muassasalari, viloyat, tuman xalq ta’limi bo‘limlari, Respublika ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlarining tegishli kafedralarida olib borilayotgan nazariy va amaliy tadqiqot ishlarini tizimlashtirish, uyg‘unlashtirish, markazlashtirish va muvofiqlashtirish. Texnologiya fanini o‘qitishda respublikamiz umumta’lim maktablari va xorijiy mamlakatlarda erishilgan ilg‘or tajribalarini o‘rganish hamda amaliyotga qo‘llashda Respublikaning ta’lim sohasidagi siyosati talablari hamda mahalliy, milliy, etnik, hududiy xususiyatlarni hisobga olish. Texnologiya fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish maqsadida me’yoriy, metodik xujjatlar, zaruriy nizomlar, yo‘riqnomalarni ilg‘or tajribalar asosida tayyorlash va tashkiliy tadbirlarni hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, yagona markazlashtirilgan holda umumdavlat miqyosida joriy etish. Iqtidorli yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlariga ko‘ra kasbiy mahorat darajalarini rivojlantirishga sharoit yaratish.Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-2-3 sinf va 5-6 sinflarida texnologiya fani milliy dastur asosida 4-7-8-9-sinflar esa 2017 yildagi DTS asosida darslar tashkil etilmoqda. Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston respublikamizni sanoatlashgan davlatga aylanishida texnologiya fani o‘qitishning ahamiyati beqiyos mamlakatimiz rivojlanishida asosiy bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling