Metodikalari kafedrasi
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash togʻrisida” PF – 5712-sonli farmoni. Toshkent sh.2019-yil 29-aprel. 2. “Oʻquvchilar savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar dasturi” qoʻllanmasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ta’lim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Toshkent, 2019 yil 3. t.me/milliymarkaz UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA OʻQUVCHILARNING SINFDAN TASHQARI ISHLARINI TASHKIL ETISH Tashbekova Zulfiya Ikromovna, Jizzax shahridagi 22-kimyo-biologiyaga ixtisoslashgan maktabining biologiya fani oʻqituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada umumta’lim maktablarida sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish masalalariga qaratilgan. Kalit so‘zlar: sinfdan tashqari ishlar, toʻgarak ishlari, tabiat, STEAM Sinfdan tashqari ishlar - umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar, mustaqil ishlarni koʻrsatish mumkin. Hozirgi zamon biologiyasi masalalari oʻquvchilarda katta qiziqish uygotmoqdaki, ular darsning oʻzi bilan hamma vaqt ham qanoatlantiravermaydi. Sinfdan tashqari mashgulotlarni tashkil etishda toʻgaraklar tashkil etish, kechalar hamda konferensiyalar, sinfdan tashqarii oʻqishlar va hakozolar oʻtkazish zarurati tugʻiladi. 230 Biologiya toʻgaragi biologiya bilan qiziqqan va qoʻshimcha ravishda shugullanishni xohlagan oʻquvchilar uchun tashkil etiladi. Biologiya toʻgaragida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning taxminiy mavzulari ushbu kursda barcha mavzularning metodikasida koʻrsatilgan. Bular avvalo oʻquvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, fanga tabiatga va jamiyatga nisbatan muhabbat uygotish xarakteridagi mavzular boʻlishi kerak. Biz tavsiya qilayotgan koʻpgina mavzular faqat kitob oʻqishni emas, balki tirik tabiat burchagida tajribalar oʻtkazish, tabiatda kuzatshlar olib borish mikroskopda ishlashni ham talab etadi. To‘garak ishlarini mahalliy ilmiy muassasalarining ishlari bilan ham bogʻlab olib borish mumkin. Toʻgaraklarning ba’zi mashgʻulotlarida sinfdagi barcha oʻquvchilar taklif qilinadi. Toʻgarak azolari bunday mashgʻulotlarga qoʻlyozma, jurnallar, koʻrgazmalar tayyorlaydi.Umumiy biologiya kursiga oid ilmiy kechalar va konferensiyalar oʻtkazish, shubhasiz, oʻquvchilar e’tiborini jalb etadi. Ilmiy kechalarda qilinadigan dokladlar, kino koʻrsatish, kitoblardan ayrim kechalarda ifodali oʻqish, musiqa chalish, ashula aytish kabi ishlar bilan qoʻshilib olib borilishi mumkin. Konferensiya qat’iy reja asosida oʻtkaziladi, dokladlar qilinadi , muzokaralarda soʻzga chiqadi, barcha tadbirlarga kitoblar koʻrgazmasi, oʻquvchilarning ishlaridan namunalar tayyorlanadi. Biz fan oʻqituvchilarining asosiy maqsad va vazifamiz oʻquvchilarga, bizning kelajagimiz hisoblangan barkamol avlodga hayot ta’limotidan dars, bilim berish bilan birga, ularning boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil etish, oʻquvchilarni oʻzlarini qiziqtirgan fan toʻgaraklariga jalb etishdir. Maktabda biologiyadan sinfdan tashqari ishning asosiy formasi biologiya toʻgaragidir. “Yosh biologlar” toʻgaragiga tabiatni sevuvchi, tabiat qonuniyat va hodisalariga qiziquvchi, moʻjizalar olamiga sayohat qilishni istovchi, tabobat olami sirlari – tilsimlarini ochishga urinuvchi turli yoshdagi yuqori sinf oʻquvchilari orasidan oʻzlarining xohishi bilan qabul qilinadi. Toʻgarakning maqsadi yuqorida faolligi keltirilgan oʻquvchilarning koʻproq vaqtini maktabda yosh tabiatshunoshlar davrasida samarali, maroqli oʻtkazishdan iborat. Toʻgarak mashgʻulotlarida oʻquvchilarning ijodiy faolligini, mustaqilligini, aniq maqsadga intiluvchanligini oshirish, mashgʻulotlar davrida har bir toʻgarak a’zosi oʻzini qiziqtirgan va ayni paytda yechimini topishga qiynalayotgan masalalari ustida ishlashi, kelgusi toʻgarak mashgʻuloti uchun yangi, rejadan tashqari qiziqarli taklif va masalalar kiritishi mumkinligi oʻrganiladi. Toʻgarakning asosiy vazifalari: 1. Dasturda berilgan ma’lumotlarning ayrim qismlarini chuqurroq oʻrganish, oʻquvchilarning biologik bilimlarini kengaytirish. 2. Oʻquvchilarning individual qiziqishlarini va qobiliyatlarini oʻstirish. 3. Oʻquvchi yoshlarga ekologik ta’lim- tarbiya berish. Toʻgarakka a’zo boʻlish ixtiyoriy holda ekanligi, toʻgarak mashgʻulotlarining sinfdagi mashgʻulotlardan farqli bo‘lishi muhim sharti hisoblanadi. Albatta toʻgarakka oʻqituvchi rahbar boʻladi, biroq bu yerda dars paytida ishlatilgan metodlarni hamma vaqt ham ishlatib boʻlmaydi. Ba’zi bir oʻqituvchilar hamda biologiya toʻgaraklarining rahbarlari toʻgarakka 231 faqat biologiyaga qiziquvchi oʻquvchilarnigina jalb qilmoq kerak deb oʻylaydilar. Bunday nuqtai nazar toʻgʻri emas, chunki pedagogik jarayon, sinfdan tashqi ishning yaxshi tashkil qilinishigina oʻquvchida biologiyaga qiziqish uygʻotish mumkin. Har bir bolada biologiyaga qiziqish uygʻotish mumkin, shuning uchun har bir oʻquvchi toʻgarakka a’zo boʻlishi mumkin. Tajriba toʻgarakning doimiy a’zolari sonini 20 kishidan orttirib yubormaslikni, ammo toʻgarak mashgʻulotlariga toʻgarakka a’zo boʻlmagan oʻquvchilarni ham taklif qilish foydali ekanini koʻrsatadi. Dars mashgʻulotlari davomida qisqa ma’lumot berilgan va oʻzlashtirishga ulgurolmay qolingan mavzular boʻyicha qoʻshimcha manbalardan foydalangan holda samarali va maroqli mashgʻulotlar tashkil qilinishi ayni muddao. Toʻgarak a’zolarining yoshiga qarab, oʻrganilgan fani asosida avval toʻgarak rahbari tomonidan “Qiziqarli savollar” …Yer yuzidagi eng yirik gul va eng kichik – mittigul? Javobi Eng yirik gul - Raffleziya - Arnoldi uning diametri – 1 metr, tojibarglari qalinligi – 5 sm, Sumatra orolidan topilgan eng kichik gul – Volfiya toʻgʻnogʻichning boshidek keladi. Yoki boshqotirmalar, blits test soʻrovlar, albomlar, kolleksiyalar tayyorlash va ular ustida ishlash kabi mashgʻulotlar olib boriladi. Soʻngra yuqoridagidek kabi topshiriqlarni toʻgarak faollari tomonidan ham tayyorlab kelish vazifalari topshiriladi va eng mazmunli va qiziqarli tayyorlangan boshqotirmalar, soʻrovnoma, albom, tarqatmalar, kolleksiyalar uchun toʻgarak rahbari tomonidan ragʻbatlantiriladi. Toʻgarakning har bir a’zosi ma’lum bir ishni bajarishi, toʻgarakning faoliyatida aktiv ishtirok etishi lozim. Boshidanoq toʻgarak a’zolari shu toʻgarakning tashkilotchilari ekanliklarini anglab yetishlari kerak. Toʻgarakning bir maromda ishlashi muvaffaqiyat garovidir. Tajriba parallel sinflar oʻquvchilari uchun ayrim – ayrim toʻgaraklar tashkil etish va mashgʻulotlarni har ikki haftada bir martadan oʻtkazish maqsadga muvofiq ekanini koʻrsatadi. Toʻgarakning muntazam ishlashini ta’minlovchi shartlardan biri mashgʻulotlarning qat’iy belgilangan kunlarda va soatlarda oʻtkazilishidir. Biologiya toʻgaragining mashgʻuloti uch qismga boʻlib oʻtiladi: ma’ruza, qiyinroq va qiziqarli masalalar yechish, kundalik ishlar. Toʻgarak ishini rejalashtirishda uning barcha a’zolari aktivligini nazarda tutish bilan birga materialning ortiqcha boʻlib ketmasligini ham nazarda tutish lozim. Toʻgarakning ish rejasi toʻgarak mashgʻulotlarining mazmuninigina aks ettirib qolmay, balki ommaviy tadbirlarni ham oʻz ichiga olmogʻi lozim. Toʻgarak mashgʻulotlarida odatda oʻquvchilarning biologiyaga doir qisqacha ma’ruzalariga koʻp vaqt ajratiladi. Ma’ruzalar tayyorlash oʻquvchilar mustaqil ishlarining bir formasidir. Oʻqituvchi material tanlashi va ma’ruzachiga yordam berishi lozim. Oʻquvchi ma’ruzani tayyorlayotganida undan ijodiy zavq oladigan qilib tanlashi kerak. Ma’ruzani tayyorlash va uni oʻrtoqlariga soʻzlab berish oʻquvchida chuqur hissiyotlar bilan bogʻliq boʻladi va koʻpincha bir umrga uning esida 232 saqlanib qoladi. Bundan tashqari, toʻgarak mashgʻulotlarida hozirgi kunning dolzarb masalalaridan boʻlgan STEAM dasturi asosida dars jarayonida olingan nazariy ma’lumotlarni amalda qoʻllab, turli koʻrgazmalarni yasash ham mumkin. Xulosa qilib aytganda, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlari orttirish, ularni ona tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalashda maktab biologiya toʻgaraklari mashgʻulotlarining ahamiyati kattadir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling