Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet146/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi 
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-
sentabrdagi PF-5198-son Farmoni. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-
sentabrdagi PQ-3305-son Qarori. 
3. Altshuller G.S. Qanday qilib ixtiro qilishni o‘rganish kerak. -Tambov: 
Tambov kitob nashriyoti. - 1961 yil. 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISH 
USULLARI 
Xolmatov Pardaboy Qoraboyevich, 
Jizzax viloyat PYMO‘MM kafedra mudiri p.f.n, dots., 
Xolmo‘minova Bahora Abdujalolovna, 
Jizzax viloyat PYMO‘MM katta o‘qituvchisi 
Annotasiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasbga 
yo‘naltirish asosida kognitiv faoliyatini rivojlantirishga oid interfaol o‘yinlarni 
qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 
Kalit so‘zlar: kasb,kognitiv, faoliyat,usul,tavsiya,muloqot, qobiliyat
Аннотация. В данной статье даны рекомендации по использованию 
интерактивных игр для развития познавательной активности учащихся 
начальных классов на основе профориентационной работы. 
Ключевые слова: профессия, познавательная, деятельность, метод, 
рекомендация, общение, способность. 
Annotation. This article provides recommendations on the use of interactive 
games for the development of cognitive activity of elementary school students 
based on career guidance. 
Key words: profession, cognitive, activity, method, recommendation, 
communication, ability 


237 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may PQ-241son “Xalq 
ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida qarorida 
2022-2023 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar 
doirasida mehnat bozorida mavjud bo‘lgan turli kasblar to‘g‘risida tushunchslar 
berish nazarda tutilgan. Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib aytish 
mumkinki, o‘quvchilarni boshlang‘ich sinfdan boshlab zamonaviy kasblar bilan 
tanishtirish, kasblar haqidagi bilimi va tafakkurlarini kengaytirish alohida ahamiyat 
kasb etmoqda. 
O‘quvchilarni erta yoshdan kasbga yo‘naltirish–hozirga kunda umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda olib boriladigan uzluksiz 
jarayondir. Boshlang‘ich sinflarda kasbga yo‘naltirish ishlari dars va darsdan 
tashqari vaqtlarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda kasb 
turlari bilan tanishtirish hamda o‘yinlar orqali ularda turli kasblarga bo‘lgan ilk 
qiziqishlarini aniqlashdan, shuningdek ko‘rgan, eshitgan ma’lumotlarini yodda 
saqlash, qayta tiklashning oddiy hamda murakkab operasiyalarini (kasbiy 
ma’lumotni qabul qilish bilan bog‘liq), umumiy o‘quv, mehnat hamda 
kommunikativ malaka va ko‘nikmalarini (biror bir kasb uchun ahamiyatli bo‘lgan 
o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi bilan bog‘liq) rivojlantirish dolzarb masalalardan 
sanaladi. 
Quyida boshlang‘ich sinflarda kasbga yo‘naltirish ishlarini qanday tashkil 
etish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Tavsiyalar asosida kasbga yo‘naltirish ishlarini 
boshlang‘ich sinfdan boshlab olib borish o‘quvchining kelajakda to‘g‘ri kasb 
tanlashiga, hayotda va mehnat faoliyatida o‘z o‘rnini to‘g‘ri aniqlashga yordam 
beradi. Boshlang‘ich sinfdan boshlab kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda 
avvalo shu davrga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari inobatga olinsa mashg‘ulotlar 
samarali bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinf yoshida o‘quvchida o‘yin uning yetakchi faoliyati 
hisoblanadi. O‘yin orqali bolaning qo‘l harakatlari va tafakkur operasiyalari 
yanada takomillashadi. Shuning uchun birinchi sinflarda kasbga yo‘naltirish 
mashg‘ulotlari o‘yin tarzida tashkil etilishi lozim. Olti-yetti yoshga kelib bola 
biror-bir buyumni qismlarga bo‘lib ularni yana qayta yig‘a oladigan bo‘ladi. 
Ammo bu qobiliyatning rivojlanishi boladagi badiiy, ijodiy faoliyatning paydo 
bo‘lishi bilan bog‘liq. Ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun o‘quvchilarga 
quyidagilarni o‘rgatib borish lozim; 
1. Predmetlarning tuzilishini, xususiyatlari bilan tanishtirish; 
2. Buyumlarning qismlari mosligini ajrata olishini; 
3. Ertaklarni tinglash hamda muhokama qilishni; 
4. Dars mashg‘ulotlarida turli boshqotirma, rebuslarni yechishni; 
5. Kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlarida interfaol o‘yinlarni o‘ynashni; 
6. Mustaqil loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishni va boshqalar. 
Kasbga xususiyatlarini inobatga olgan holda mavjud psixologik o‘yinlarning 
turli modifikasiya(moshlashtirilgan)larini qo‘llash lozim. Masalan, sezgi va idrokni 
rivojlantiruvchi “Sehrli xaltacha” o‘yini mavjud. Xaltachaga turli kasblar bilan 
bog‘liq bo‘lgan predmetlar solinadi. Bola xaltachaning ichiga qaramasdan- 


238 
faqatgina ushlab ko‘rib, predmetning nomini va uni qaysi kasbga tegishli ekanini 
topishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda 
kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlarini tashkil etishda, rejalashtirishda o‘quv yoki 
tarbiyaviy mashg‘ulotning keng tarqalgan tuzilmasiga tayanish, mavzu, maqsad, 
vazifalar, asosnoma, reja, foydalaniladigan jihozlar, mashg‘ulotning borishi, tahlil 
va foydalanilgan manbalar aniqlab olish lozim.
Agar kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlari bo‘yicha ta’limiy maqsad 
shakllantirilib bo‘lingan bo‘lsa, unda rivojlantiruvchi maqsad o‘quvchilarning yosh 
psixologik xususiyatlariga mos bo‘lishi talab etiladi. Masalan, xotira, idrok va 
ixtiyoriy diqqatning rivojlanganligi va boshqalar. 
Tarbiyaviy maqsadga keladigan bo‘lsak, odatda bunday maqsadlarni 
shakllantirishda “qadriyatlar”, “xulq-atvor normalari” kabi atamalar qo‘llaniladi. 
Tarbiyaviy maqsad zamonaviy dunyoda kasblarni ahamiyati va muhimligini 
o‘quvchilarga tushuntirishdan iborat bo‘lishi mumkin. Demak, kasbiy 
majburiyatlarni samarali bajarish uchun masu’liyatlilik va tartiblilik kabi sifatlarni 
hamkorlikda muhokama qilish va ularni muhimliligini anglashga o‘rgatish lozim.
Bolalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga ota-onalarni ham jalb qilish juda 
muhim. Masalan; “Ota-onamning kasblari”, unda ota-onalar o‘z kasblari haqida 
gapirib beradilar. Sinf xonasida kasblar burchagini tashkil etib, bu yerni kasblar 
bilan bog‘liq kitoblar, fotosuratlar bilan jihozlash kerak. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish 
jarayonida bu burchakka e’tibor qaratib turish tavsiya etiladi. Shahar yoki tuman 
korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish. Ekskursiyani o‘tkazishda asosiy e’tiborni 
qaysidir bitta kasbga yoki o‘zaro aloqador kasblar guruhiga qaratish lozim. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kasblarga qiziqish kognitiv faoliyatning 
rivojlanishi bilan birga namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflar qatnashadigan 
jamoaviy-foydali mehnat, ularning qiziqishlarini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, kasbga yo‘naltirish ishlari tizimli ravishda, 
izchil takomillashtirilib borilgandagina, o‘quvchining kelajakda mukammal kasb 
egasi bo‘lishiga erishiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling