Metodikalari kafedrasi


XALQARO TADQIQOTLARDA TABIIY FANLAR BOʻYICHA


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet142/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

XALQARO TADQIQOTLARDA TABIIY FANLAR BOʻYICHA 
SAVODXONLIKNI BAHOLASH 
Xolboyeva Munisxon Mavlanovna, 
Jizzax viloyat PYMO‘MM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi”
kafedrasi katta oʻqituvchisi 
Otabekova Sayyora Suyunboyevna, 
Jizzax shahar XTB qarashli 19-umumta’lim maktabi
biologiya fani o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: ushbu maqola xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning tabiiy 
fanlar boʻyicha savodxonlik darajasini baholash masalalariga qaratilgan. 
Kalit so‘zlar: xalqaro tadqiqotlar, PISA, TIMSS, PIRLS, tabiiy fanlar 
boʻyicha savodxonlik  
 
Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi 
kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng 
ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Аna shu islohotlarning muvaffaqiyati, 
mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib 
o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’limtarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada 
bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq. Ayni 
globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat 
oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni 
qo‘ymoqda. 
Oʻzbekiston Respubikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, umumiy oʻrta va 
maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini 
belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual 
rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga 
ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, Oʻzbekiston 


227 
Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning 
birinchi 30 ta ilgʻor mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi 
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish 
asosida oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan 
savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy 
tizimini yaratish vazifalari belgilangan [1] . 
Konsepsiya doirasida, oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil 
izlash, tahlil qilish koʻnikmalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida 
urgʻu berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga 
javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy 
etish, oʻquvchilarning bilim darajasini, taʻlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro 
PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.
PISA oʻquvchilarning oʻqish(matnni tushunish), matematika va tabiiy 
fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi boʻlib, 15 
yoshli oʻquvchilarning maktabda egallagan bilim va koʻnikmalarini hayotiy 
vaziyatlarda qoʻllay olishlarini aniqlashga moʻljallangan. 
Shuningdek, PISA xalqaro baholash dasturi oʻquvchilarning ta’lim olishga 
boʻlgan munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar toʻplaydi 
hamda ularning muammoni hal qila olish koʻnikmalarini, masalan, global 
ahamiyatga ega masalalarni hal etishda oʻquvchi yoshlarning fikr-mulohazalari va 
ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. 
PISA xalqaro baholash dasturining natijalari asosida dunyo mamlakatlari 
oʻquv dasturlarida mavjud boʻlgan talablar doirasida oʻquvchilarning oʻz bilim va 
koʻnikmalarini hayotiy vaziyatlarda qoʻllash, fikrlash va muloqot qilish 
qobiliyatlariga baho beradi. PISA hech qanday oʻquv dasturini belgilamaydi yoki 
targʻib etmaydi, umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar 
ekspertlari va iqtisodchilari oʻquvchilarda tabiiy fanlardan bilim, koʻnikmalar 
shakllanishi hamda mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati 
uchun dastlabki muhim qadam deb hisoblashadi. 
Tabiiy fanlar qamrov doirasi (science framework) tabiiy fanlar boʻyicha 
savodxonlikni baholash vositalarining asosini tashkil etadi. PISA 2015 tadqiqotida 
tabiiy fanlar ustuvor yoʻnalish boʻlgan. Mazkur fanlar boʻyicha savodxonlik 
konsepsiyasi avval ishlab chiqilgan tabiiy fanlar doiralarida takomillashtirilgan 
(OESD, 2006, 2004, 1999). PISA 2006 tabiiy fanlar qamrov doirasi 2006, 2009 va 
2012-yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda tabiiy fanlar yoʻnalishining asosini tashkil 
etgan. PISA 2015 tabiiy fanlar qamrov doirasi PISA 2006 tabiiy fanlar qamrov 
doirasining yanada kengaytirilishi, takomillashtirilishi hisobiga yaratildi. [2] 
Insoniyat oziq-ovqat ta’minoti, kasalliklarning tarqalishi, energiya ishlab 
chiqarish va iqlim oʻzgarishi kabi yirik muammolarga duch kelgan bir davrda 
tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik milliy hamda xalqaro darajada katta ahamiyat 
kasb etmoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda texnologiyalar va ilm-fan 
yutuqlaridan foydalanish dolzarb sanaladi. Yevropa Komissiyasi tomonidan 
bildirilgan fikrga koʻra, agar yoshlar tabiiy fanlardan ma’lum darajada xabardor 
boʻlishmasa, yechimlari fan va texnologiyalar bilan bogʻliq boʻlgan siyosiy hamda 
etnik muammolar ilmiy munozaralar mavzusi boʻla olmaydi. Bundan tashqari, bu 


228 
barchani tabiiy fanlar boʻyicha mutaxassis qilib tayyorlash degani emas, balki 
yoshlar oʻzlarini qurshab turgan atrof-muhitga daxldor boʻlgan masalalar 
yuzasidan qaror qabul qilishlari hamda mutaxassislar oʻrtasida olib boriladigan 
ilmiy munozaralarni tushunishlariga imkon beradi. 
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar 
shakllangan bo‘ladi: 
 hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 
 ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash 
 ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish 
Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasi - texnologiyalar, 
tabiiy hodisa-jarayonlarning izohlarini bilish, taklif qilish va baholash.
Bunda quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi: 
 tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan 
foydalanish; 
 izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish; 
 tegishli bashorat (prognoz)lar qilish va asoslash; 
 izohlovchi farazlarni taklif etish; 
 ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish, berilgan 
ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni aniqlash ilmiy tadqiq etilishi mumkin 
bo‘lgan savollarni farqlash berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini 
baholash berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish 
ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan 
qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash. 
Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi – ilmiy 
tadqiqotlarni tasvirlash va baholash hamda muammolarni ilmiy asoslangan holda 
hal qilish yo‘llarini taklif etish. Bunda quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi: 
 berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash; 
 ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash; 
 berilgan ilmiy tadqiqotdan o‘rganilayotgan muammoni aniqlash; 
 ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar 
tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash; 
 berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish. 
Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi–turli 
ko‘rinishdagi ilmiy ma’lumotlar, dalillarni tahlil qilish va baholash hamda tegishli 
xulosalar chiqarish. Bunda quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi: 
 ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish
 ma’lum bir ko‘rinishdagi ma’lumotlarni boshqa ko‘rinishda ifodalash; 
 ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo‘lmagan 
boshqa qarashlardan farqlay olish; 
 ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni 
aniqlash; 
 turli manbalar (masalan, gazeta,jurnal, internet) dan olingan ilmiy 
mulohaza va dalillarni baholash. 
Demak biz oʻquvchilarda tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlikni rivojlantirishda 
ularda yuqorida sanab oʻtilgan kompetensiyalarni shakllantira olishimiz zarur. 


229 
Natijada oʻquvchilar tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik kompetensiyalarini 
oʻzlarida fanlarning mazmunini bilish, metodologik bilish, epistemik bilimlar 
asosida tabiiy fanlarni ilmiy jihatdan tushuna olishadi, hamda tabiiy fanlar 
sistemasi ya’ni: fizika, kimyo, biologiya, geografiya, geologiya, astranomiya 
fanlariga oid bilimlarni oʻzaro bogʻliqligini va bir-birini toʻldirishi boʻyicha ularda 
bilim, koʻnikma va malakalar shakllanadi. Maqsadlarni toʻgʻri anglagan holda 
yoshlarimizda tabiiy savodxonlikni oshirmogʻimiz lozim, buning uchun esa 
yuqorida aytib oʻtilgan tabiiy savodxonlik kompetensiyalarini har bir 
oʻquvchimizda shakllantira olishimiz zarur. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling