Uddalay olishlari kerak:
100 ichida sonlarni o`qish, yozish va taqqoslash;
-100 ichida va 1000 ichida amallar bajarilishga keltiriladigan hollarda to`rt
arifmetik amallarni to`g`ri og`zaki bajarishni; hisoblashlarning to`g`riligini
tekshirishni;
-1000 ichida sonlarni yozma qo’shish
va ayirishni; hisoblashlarning
to`g`riligini tekshirishni,
-2-3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarni bajarish tartib qoidalarini
qo`llashni;
-1-2 amalli (amallar bo`yicha, reja bo`yicha, ifoda tuzish bilan)
masalalar
yechishni.
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o`lchash. Geometrik shakllarni
o`rganish natijasida o`quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak:
- uzunlik o`lchovi birliklari orasidagi munosabatlarni;
- geometrik shakllarning ko`rinishlarni o`zgartirish usullarini.
Uddalay olishi kerak:
- o`rganilgan geometrik shakllarni nafaqat alohida,
balki boshqa shalkllar
bilan turli uyg`unlikda namoyon bo`luvchi atrof-muhitdagi buyumlar,
modellar,
rasmlar, chizmalardan qiynalmay topa olishni;
- chizg`ich yordamida kesma uzunligini (to`g`ri to`rtburchak tomonlari
uzunligining yig`indisini) o`chash va berilgan uzunlikdagi kesmani chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: