- bir xonali sonlarni qo`shish jadvali (10 ichida)
va ayirishning shunga
mos hollarini (avtomotizm darajasiga yetkazilgan ko`nikmalar).
Uddalay olishi kerak:
- 0dan 100gacha bo `lgan sonlarni o`qish va yozishni;
- natural sonlar qatorini tahlil qila olish (sondan oldin
va keyin keluvchi
sonni aytishni; sanoqda tushirib qoldirilgan
sonlarni topishni va shu
kabi)ni;
- natural sonlarni “>’’, “<’’, “=’’ belgilardan foydalanib taqqoslashni;
- “ta ortiq’’, “ta kam’’ munosabatlarni matematik amallar bilan to`g`ri
bog`lay olishni;
- qo`shishning asosiy xossasini bilish va undan hisoblashlarda
foydalanishni;
- 100 ichida o`nlikdan o`tmasdan sonlarni qo`shish
va ayirishning
o`rganilgan xossalarini qo`llashni;
- qo’shish va ayirishga doir sodda arifmetik masalalarni yechishni.
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o`lchash. Geometrik shakllarni
o`rganish natijasida o`quvchi quyidagilarni;
Bilishi kerak:
- atamalar: nuqta, kesma, doira, kvadrat,
uchburchak, ko`pburchak, uzunlik,
santimetr, detsimetr, metrni;
- ishora (belgi): sm (santimetr), dm (detsimetr), m(metr), kg (klogramm)ni.
Uddalay olishi kerak:
- kesma uzunligini chizg`ich yordamida o`lchash, kesma uzunligini
santimetrlarda, detsimetrlarda, detsimetr
va santimetrlarda yozishni;
- chizg`ich yordamida berilgan uzunlikdagi kesmani chizishni;
- rasmlardan, modellardan, atrofdagi narsalardan
eng sodda geometrik
shakllar uchburchak, doira, kvadrat, ko`pburchak, kesmalarni topa olish;
bu shakllarni bir-biridan farqlashni;
___qismlardan geometrik shakllarni tuzishni, shakllarni qismlarga ajratishni.
Do'stlaringiz bilan baham: