Metodologiyasi


Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 16


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

2 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 16.


Kundalik tarixiy bilish sohasiga hayotiy voqealar va hodisalar- 
ni tavsiflash, sayohat vaqtida ko'rgan-kechirganlarini tavsiflash, 
qadimgi osori-atiqalarni yig‘ish va ular haqida ma’lum bir fikr- 
larni bildirish kabilarni kiritish mumkin bo‘lsa, ilmiy tarixiy bi­
lish sohasi professional tarixchilarga xosdir1.
Ko‘pincha tarix faniga o‘tm ishni o‘rganuvchi fan sifatida qa- 
raladi. Bu fikr yoki qarash unchalik ham to‘g‘ri emas. Tarix fani 
nafaqat o‘tmishni o‘rganadi, balki bugungi kunda, ayni vaqtda 
sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni ham o‘rganadi.
Shu o‘rinda 0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asaridagi mulo- 
hazalar juda katta ma’no anglatishini ko‘rish m um kin2.
Bunda bir jihatga alohida e’tibor qaratish lozimki, bir tar­
ixchi yoki bir guruh tarixchilar o‘tmish tarixiy jarayonlarini 
(yoki ayni zamonaviy kunlardagi hodisalar va jarayonlarni) bor 
ko‘lamicha tadqiq etmaydi, balki uning ma’lum bir tarkibiy qis- 
m ini, voqealarni va hodisalarning biror-bir yo‘nalishi yoki qat- 
laminigina o‘rganadi. Tarix fani tarmoqlari sohalari mutaxas- 
sislari bolgan professional tarixchilar tomonidan amalga oshirib 
boriladigan tadqiqotlarning ilmiy xulosalarini va natijalarini 
umumlashtirish orqali o‘tm ish va bugungi tarixiy jarayonlar
hodisalarning mazmuni va mohiyati haqida umumiy tasavvur- 
ga ega bo‘lish mumkin.
Tadqiqot predmetining tushunchasi va mohiyatidan kelib 
chiqqan holda o‘tmishni o‘rganishga yo‘naltirilgan sivilizatsion
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, demografik kabi bir qator 
yondashuvlar mavjud. Bu shundan dalolat beradiki, tarix fanida 
tadqiqot predmetiga va uning tadqiqiga nisbatan aniq belgilan- 
gan yoki ayni bir o‘zgarmas andozaga solingan yagona yondashuv 
bilan cheklanib qolinmagan. Aynan ana shu holatdan o‘tmish- 
ga aylangan tarixiy voqelikka nisbatan yoki ayni kunlardagi jara-

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling