Metodologiyasi
Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 17
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 17.
2 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 18. ga ta’sir ko‘rsatgan boshqa bir voqeaning ahamiyatini oshirilishi- ga olib keladi1. Masalan, bunday yondashuvni 0 ‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi masalalariga bag'ish- langan bir qator tadqiqotlarda kuzatish mumkin. N.A.Xalfin o‘zi- ning «Присоединение Средней Азии к России (60-80 гг. XIX в)» nomli monografiyasida2 Turkiston o‘lkasida ta’lim sohasidagi, ijtimoiy qarashlar borasidagi, iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlarning asosiy omili sifatida Rossiya imperiyasining bu yerdagi hukmron- ligini va uning «progressiv» ta’sirida, deb ko‘rsatadi, biroq ayni vaqtda shu davrda Turkiston o‘lkasida jadidchilikning yuzaga ke lishi, jadidlarning milliy maorif, milliy matbuot, milliy adabiyot va san’at sohalaridagi faoliyati va ayni vaqtda ijtimoiy munosabat- lar va xalq siyosiy qarashlarining o‘zgarib borishiga ta’siri, iqti sodiy sohada esa milliy burjuaziyaning shakllanib borishi, nafaqat Rossiya, balki Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan ham iqtisodiy munosabatlarning avvaldan mavjudligi va bu davr da yanada kengayib borishi omillarini e’tiborga olmaydi. Yuqoridagi fikrlarga umumiy xulosa sifatida aytish mumkin ki, tarixiy bilishning fundamental asoslarining shakllanishi tad qiq etilayotgan mavzuning ayni zamonaviylikdagi dolzarbligi bi lan bevosita bog‘liqdir. Ijtimoiy fanlar jamiyatning u yoki bu sohalarini, masalan, fay- lasuflar, sotsiologlar, lingvistlar, iqtisodiy fan sohasi vakillari, si- yosatshunoslar yoki adabiyotshunoslar alohida-alohida tadqiqot sohasi sifatida o‘rgansalar, tarix fani jamiyat hayotini to‘lig‘icha, bor ko‘lami bilan o‘rganadi va shu jihati bilan jamiyat hayotini o‘rganuvchi ijtimoiy fanlar qatorida alohida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy bilishning rivojlanib borishi tarix fani tarkibidagi tad qiqot yo‘nalishlaridagi mustaqil fan sohalari — tarixiy antropologi- Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling