Metrologik o‘lchashlarga bo‘lgan talabning oshishi. Reja


Download 1.64 Mb.
bet4/8
Sana09.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1347203
1   2   3   4   5   6   7   8
1.3. Bilish nazariyasida oʻlchashlarning oʻrni
Bilish nazariyasi - falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiy metodologik asosi sifatida namoyon boʻladi.
Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng ma’noda boʻlib, insonning jamiyatga ta’siri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir.
Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiqlanadi.
Atrof-muhit (dunyo) obyektlari (moddiy tizimlar, voqealar, jarayonlar va hodisalar) biz uchun bilish predmetlari hisoblanadi. Bizni oʻrab turgan material dunyoni bilish (anglash)da tabiat qonuniyatlarini oʻrganish, tadqiq qilish, ularni oʻzaro bogʻliqligi, uzviyligini baholash, moddiy boyliklarni hisobga olish, mahsulotlarni sifatini aniqlash, kishilarning u yoki bu faoliyatini miqdoriy baholash muhim ahamiyatga ega. Albatta har qanday miqdoriy informatsiya oʻlchash yordamida olinadi (aniqlanadi). Shunday qilib, oʻlchashlar bilish jarayoni, oʻlchash informatsiyasini olish amali esa bilish (anglash) amalidir.
Ilmiy adabiyotlarda bilish nazariyasi GNOSEOLOGIYA deb ataladi (qadim grekchada γνοζίζ – bilim, bilish va λογοζ – nutq, soʻz, ilm yoki fan). Hamon oʻlchashlar bilish vositasi ekan, oʻlchashlar haqidagi fan – METROLOGIYA ( μετρον – oʻlchov va λογοζ – nutq, soʻz, ilm yoki fan) gnoseologiyaga oid qarash
mumkin, metrologiyaning dastlabki tushunchalari esa bilish nazariyasining elementlari hisoblanadi.
Oʻlchashlarsiz zamonaviy fanni, sanoatni, qishloq xoʻjaligini va xalq xoʻjaligining bironta boshqa sohalarini tasavvur qilib boʻlmaydi. Hozirgi vaqtda oʻlchashlarga bir tomonlama nuqtai nazarda qarash mumkin emas. Ba’zida oʻlchashlarga har xil turdagi baholashlar ham taalluqli boʻladi. Masalan, oʻquvchi bilimini ballarda baholash, kishini aqliy qobiliyatini baholash, mehnat unumdorligini baholash va shunga oʻxshashlar.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling