Metrologik o‘lchashlarga bo‘lgan talabning oshishi. Reja


Download 1.64 Mb.
bet5/8
Sana09.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1347203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bilish bilim egallash, toʻplash, uni doimiy chuqur oʻrganish (chuqurlashtirish), kengaytirish va takomillashtirish jarayonidir. Bilim esa bilish natijasi.
Bilish – bu odam ongida tashqi dunyoni aks ettirilishidir.
Ilmiy jihatdan bilish nazariyasining asosiy vazifasi – barcha obyektiv qonunlarni anglash, namoyon etish boʻlsa, uning maqsadi esa obyektiv haqiqatga erishishdir. Shuning uchun, ilmiy bilishning xarakterli tomoni obyektivlik hisoblanadi.
Bilishni manbai, uning asosi, uning harakatlanuvchi kuchi – amaliyotdir. Amaliyot kishilik jamiyatining ehtiyojini hisobga olib yer maydonlarining yuzalarini, masofalarini, jismlarning oʻlchovlarini, massalarini, vaqtni va h.k. ni, har xil tabiatdagi jarayonlarni yuzaga kelish sabablarini, manbalarni bilishni, aniqlashni taqozo etadi. Va albatta bular, muayyan matematik bilimlar hosil boʻlishiga olib kelgan. Barcha bilishlik jarayoni amaliyotni vazifasi va ehtiyojidan kelib chiqadi va u muayyan muammolarni hamda ularni yechimini talab etadi. Bilishni asosi amaliyot hisoblanadi, chunki bilish texnik vositalar, asboblar, qurilmalar, uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda tadqiqotchining vazifasi nafaqat atrof muhit (dunyo) dagi hodisalar, jarayonlar, voqealarni bilish va ularni tavsiflash, balki olingan bilimlarini oʻzlarining moddiy va manaviy ehtiyojlarini, kishilik jamiyatini rivojlanishi uchun va nihoyat hayotlarini yaxshilashda qoʻllashdir.
Bilishning shakllari ikki xil koʻrinishda boʻladi (1.3-rasm).


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling