Metrologik o‘lchashlarga bo‘lgan talabning oshishi. Reja


Download 1.64 Mb.
bet6/8
Sana09.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1347203
1   2   3   4   5   6   7   8
1.3-rasm. Bilish shakllari.
Ilmiy bilish (anglash) – bu bir butun tizim boʻlib, nihoyatda murakkab strukturaga ega. Bu strukturalarning asosiy elementlari quyidagilar hisblanadi:
- material, omillar, tushunchalar; - ilmiy gipotezalar; qonunlar;
- konsepsiya (prinsip) va nazariyalar.
Ilmiy bilish ikkita asosiy darajani oʻz ichiga oladi: empirik va nazariy. Empirik darajada sezgi orqali bilish ustun turadi. Bunda asosan hodisa va
moddalarning tashqi jihatlari boʻyicha faktlar yigʻiladi. Empirik darajada bilish obyektni kuzatish, solishtirish, oʻlchash, eksperiment, tahlil qilish yoʻli va vositalari yordamida tekshiriladi.
Nazariy darajada bilish – tekshirilayotgan hodisa va jarayonlarning qonuniyatlarini, oʻzaro bogʻliqliklarini oʻzlashtirish demakdir. Bunga empirik malumotlarni (tushuncha, nazariya, qonun, kategoriya, prinsip va h.k.) ratsional qayta ishlash yordamida erishiladi. Nazariy darajada bilishda abstraktlash koʻp qoʻllaniladi (bunda predmetlarni qator xossalari va munosabatlari ajratiladi); ideallashtirish – koʻrilayotgan obyekt obrazini fikran yaratish; sintez – tahlil qilish natijasida hosil boʻlgan elementlarni tizimga birlashtirish. Nazariy jihatdan tushuntirish va tekshirish asosida kelajakni ilmiy jihatdan oldindan koʻra bilish, fikr yuritish mumkin boʻladi.
Nazariy darajada bilishning asosiy strukturasi ilmiy muammo, gipoteza va nazariyadan iborat boʻladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling