Metrologik o‘lchashlarga bo‘lgan talabning oshishi. Reja


Download 1.64 Mb.
bet3/8
Sana09.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1347203
1   2   3   4   5   6   7   8
1.2. Fanning rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot Metrologiya fani ham koʻpgina fanlar kabi qadimiy fanlardan hisoblanadi,
uning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Kishilarning oʻlchashlarga boʻlgan ehtiyoji qadim zamonlardayoq yuzaga kelgan, ular kundalik hayotida har xil
kattaliklarni: jismlarning oʻlchamlarini (uzunligi, eni, massasini, …), masofalarni, yuzalarni, vaqtni va hokozalarni oʻzlari yaratgan oʻlchash vositalari va usullari orqali oʻlchay boshlaganlar. Dastlabki oʻlchash birliklari insonning muayyan tana a’zolariga muvofiklikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan boʻlib, ular antropometrik deb ataladi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashovchi xalqlar uzunlikni oʻlchashda quyidagi birliklardan foydalangan: qarich (qoʻl panjalari yozilgan-da bosh va jimjiloq barmoqlarining uchlari orasidag masofa), quloch (ikki yon tomonga uzatilgan qoʻllarimizning uchlari orasidagi masofa), gaz (yon tafafga uzatilgan qoʻlning uchudan koʻkrak oʻrtasigacha boʻlgan masofa), qadam (inson yurganida oyoqlari orasidagi masofa) va hokozalar. Rossiya va G‘arb mamlakatlarida esa oʻziga xos birliklar qabul qilingan: ladon (bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan toʻrttasining kengligi), pyad (yozilgan bosh va koʻrsatkich barmoqlar orasidagi masofa), fut (oyoq tagining uzunligi) va boshqalar. Bundan tashqari massa, hajm kabi kattaliklarni oʻlchashda ham oʻziga xos birliklar qoʻllanilgan [34].
Oʻlchashlarda qoʻllanilgan birliklarning ba’zilari tabiatda mavjud narsalarga asoslangan holda hosil qilingan. Masalan, karat (turli qimmatbaho toshlarning oʻlchov birligi sifatida keng qoʻllanilgan birlik boʻlib, «nuxotcha» ma’nosini anglatadi), gran («boʻgʻdoy doni» ma’nosini bildiradi), arpa doni (massa va uzunlikni oʻlchashda qoʻllanilgan), tomchi va boshqalarni aytish mumkin. Tabiiy oʻlchovlarning yana biri hamma yerda ishlatiladigan vaqt oʻlchovlaridir. Munajjimlarning koʻp yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik Yerning oʻz oʻqi atrofida bir marta toʻla aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha boʻlgan II asrdayoq vaqtni “mina” deb atalgan birliklarda oʻlchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt orlagʻiga teng boʻlib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm boʻlgan suv soatidan massasi taxminan500grammga tengboʻlgan«mina suvi»oqib tushgan. Keyinchalik «mina» soʻzi oʻzgarib, biz oʻrganib qolgan “minut” soʻziga aylangan [22].
Mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro aloqalarning va savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi metrologiya sohasidagi bilimlarning shakllanishiga va rivojlanishiga olib keldi, shu bilan birga maxsus texnika va oʻlchash vositalarining yaratilishiga ham sababchi boʻldi.
Hozirda metrologiya sohasi yanada tez rivojlanmoqda, chunki ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi va mahsulotlarga qoʻyilayotgan zamon talablarining bajarilishi nazorat - oʻlchash asboblariga bogʻliqdir [34].
Metrologiya fanining rivojlanish tarixida quyidagi muhim bosqichlarni koʻrsatib oʻtish mumkin:
– 1791 yilda metr etaloniningFransiyada qabulqilinishi (1 metr Yer meridiani uzunligining 4x10-7 boʻlagiga teng qilib olinganligi);
– 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyaning qabul qilinishi (bu esa mavjud metrik tizimni takomillashtirishga qaratilgan boʻlib, metr oʻlchov birligiga asos soladi);
– 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan oʻlchov va ogʻirlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi;
– 1931 yilda Leningrad shahrida oʻlchov va tarozi Boshpalatasi asosida D.M. Mendeleev nomidagi Butun ittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi;
– 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning qabul qilinishi. Bu tizim boʻyicha 1 metr vakuumda toʻlqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi (Kriptonni etalon metri);
– 1983 yilda metrni qabul qilishda yorugʻlikning vakuumda 1/299792458 bir sekundda oʻtgan yoʻliga teng qilib qabul qilinishi;
– 1993 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (Oʻzdavstandart) tashkil etildi;
– 2002 yilda Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiya markazi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“Oʻzstandart”) agentligiga aylantirildi [22].
- 2020-yil 1-yanvardan “Oʻzstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi (qisqacha “UzTest” davlat korxonasi)ga aylantirish hamda uning muassisi etib Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti belgilandi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi «Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-2935-sonli qaroriga muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi, «Metrologiya xizmatlari koʻrsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining metrologik boʻlinmalari negizida “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi («OʻzMMI» DK) tashkil etildi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida» PF-6240-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi (qisqacha Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) tashkil etildi.
Soʻngi yillarda Oʻzbekistonda metrologiya va standartlashtirish sohasida koʻplab islohatlar va muhim oʻzgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017 yil 2-8 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror muhim ahamiyatga ega boʻlib, mamlakatimizda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, mahsulot sifatini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning yanada kuchaytirilishi va yuqori sifatda amalga oshirilishiga asos boʻlib xizmat qiladi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling