Metrologik o‘lchashlarga bo‘lgan talabning oshishi. Reja


Download 1.64 Mb.
bet8/8
Sana09.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1347203
1   2   3   4   5   6   7   8
n talabning oshishi Oʻlchashlarga qoʻyiladigan umumiy talablar MИ 2091-90 “OʻDT.
Kattliklarni oʻlchash. Umumiy talablar" tavsiyalari bilan oʻrnatiladi.
Oʻlchashlarga tayyorgarlik koʻrishda ba’zi normativ-texnik hujjatlarda umumiyqabulqilingan vabelgilanganqoidalargamuvofiqliginihisobgaolishkerak: - oʻlchash natijalari GOST 8.417 talablariga javob beradigan kattalik
birliklarida ifodalanishi kerak;
- oʻlchashlar sinovdan va qiyoslash (kalibrlash)dan oʻtgan oʻlchash vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak;
- eng mas’uliyatli, takrorlanadigan va murakkab oʻlchashlarni amalga oshirish qoidalarini oʻlchash usullari bilan tartibga solish tavsiya etiladi;
- oʻlchashlarni rejalashtirishda oʻlchash topshirigʻining toʻgʻri qoʻyilganligini tahlil qilish, oʻlchash xatoligi, oʻlchashlar soni, operatorning malakasi, oʻlchash natijalarini taqdim etish shakli uchun talablarni belgilash va ularning bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish kerak.
Oʻlchash topshirigʻining toʻgʻri qoʻyilganligini tahlil qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- oʻlchash obyektning xususiyatlariga mos keladigan modelni tanlash. Modelni tanlashda tanlangan modelning oʻlchash obyekti bilan mos kelmasligi va oʻlchash uchun sarflanadigan vaqt davomida oʻlchanadigan fizik kattaliklarning beqarorligi tufayli yuzaga keladigan xatoliklarning miqdori ruxsat yetilgan oʻlchash xatoligi chegarasining 10% dan oshib ketmasligi kerak;
- oʻlchanadigan parametrlar nomenklaturasini aniqlash;
- oʻlchash natijasining taxminiy aniqligini va uni taqdim etish shaklini baholash. Oʻlchash natijalari xatoligiga qoʻyiladigan talablar oʻlchash topshirigʻining maqsadiga mos kelishi kerak.
Oʻlchash natijasi odatda oʻlchash amalga oshirilganda paydo boʻladigan xatolik koʻrsatkichi bilan birga keladi. Oʻlchash topshirigʻining maqsadiga qarab, oʻlchash natijasining xatoligi uning tarkibiy qismlari yoki ehtimoliy ishonchliligini koʻrsatadigan umumiy xatolik bilan ifodalanishi mumkin.
Oʻlchashlarga qoʻyiladigan talablar qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
1) Oʻlchashlar birliligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasiga tegishli oʻlchashlar attestatlangan oʻlchash usullari (usullari) boʻyicha amalga oshirilishi kerak, tekshiruvdan oʻtgan tasdiqlangan turdagi oʻlchov vositalaridan foydalangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan oʻlchash usullari bundan mustasno. Oʻlchov natijalari Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun roʻxsat kattalik birliklarida ifodalanishi kerak.
2) Bevosita oʻlchashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan oʻlchash metodlari (usullari) oʻlchash vositalari uchun ekspluatasiya hujjatlarga kiritiladi. Ushbu oʻlchash usullarining oʻlchashlar uchun qoʻyilgan majburiy metrologik talablarga muvofiqligini tasdiqlash oʻlchash vositalarining turlarini tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa hollarda, oʻlchash usullarining oʻlchashlar uchun belgilangan majburiy metrologik talablariga muvofiqligini tasdiqlash oʻlchash usullarini attestatlash orqali amalga oshiriladi. Attestatlangan oʻlchash usullari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar attestatlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻlchashlar birliligini ta’minlash uchun “texnik jihatdan tartibga solish” agentligi axborot fondiga yuboriladi.
3) Oʻlchashlarning bir xilligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasiga tegishli oʻlchov usullarini attestatlash belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasining takomillashib borishi, shuningdek iste’molchilar talablarining ortib borishi natijasida mahsulotlar va xizmatlarning sifatiga boʻlgan talablar ham murakkablashib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida metrologik oʻlchashlarga boʻlgan talablar va ularning sifatiga e’tiborning oshishiga sabab boʻlmoqda.
Tahlillarga koʻra, hozirgi kunda ishlab chiqarish sohasida oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga qaratilgan va ularni oʻtkazishga sarflanadigan xarajatlar mahsulotni tayyorlashga ishlatiladigan umumiy sarf-xarajatlarning 20 foizini tashkil qilmoqda. Boisi, qaysi sohani olmaylik, birgina notoʻgʻri oʻlchash jiddiy xatoliklarga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarishda - sifatsiz mahsulot, tibbiyotda – notoʻgʻri tashxis, qurilishda - aniq asosga ega boʻlmagan bino-inshootlar, ekologiyada atrof-muhitning zaharlanishiga olib kelishi hech gap emas.
Yurtimizda mamlakatimiz rahbarining metrologiya tizimiga boʻlgan e’tibori natijasida 2018-2022 yillar davomida davlat byudjetidan 21 dona etalon xarid qilish uchun 5,8 million dollar ajratilib, milliy etalonlar bazasini 33 taga yetkazish rejalashtirildi.
Ayni paytda respublikada yuqori aniqlikdagi oʻlchashlarning kuzatiluvchanligini ta’minlash maqsadida milliy etalonlar soni 9 tadan 23 taga yetkazilib, 10 ta kalibrlash laboratoriyalari tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyalarda oʻlchash vositalari kalibrlashdan oʻtkaziladi, ya’ni oʻlchashlarning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ular etalon bilan solishtiriladi.
OʻzMMI DK faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shu maqsadda, 2017–2020 yillarda jami 5 milliard soʻmlik133dona oʻlchashuskunalarixarid qilinib, qiyoslash va kalibrlash boʻyicha 45 ta yangi oʻlchash uslubi oʻzlashtirildi1.
Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling