Metrologiya asoslari
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
16 3-AMALIY MASHG’ULOT O’LCHASHLAR VA ULARNING TURLARI Ishning maqsadi: O`lchashlar va ularning turlari to`g`risida tushuncha hosil gilish va shu mavzularda masalalar echish. Xorijiy va maxalliy adabiyot manbalarida o‟lchashga quyidagi ta‟rif berilgan: o’lchash - bu o‟lchanayotgan kattalik qiymatini tajriba yo‟li bilan maxsus texnik vositalar yordamida topishdan iborat. Amaliyotda qo‟llanilayotgan o‟lchashlarni klassifikasiyaga bo‟lishda turli xil belgilar va mezonlar qo‟llaniladi. Jumladan, o‟lchanayotgan kattalikning vaqtga bog‟liqligi, o‟lchashlar son kiymatlarini aniq usuli, o‟lchash natijasining aniqligiga ta‟sir etuvchi destabil faktorlar, shart- sharoitlar va boshqa faktorlarga bog‟liq bo‟ladi. O‟lchashlar vaqtga bog‟liqligi bo‟yicha statik va dinamik o‟lchashlarga bo‟linadi. O‟lchanayotgan kattalikni son qiymati olish usuliga qarab o‟lchashlar to‟rt guruhga bo‟linadi : bevosita, bilvosita, birgalikda va majmuiy o‟lchashlar. Bevosita o‟lchashda kattalikning son qiymati tajriba vositasida o‟lchash qurilmalari yordamida aniqlanadi. Masalan, raqamli termometr bilan muhit temperaturasini o‟lchash. Umuman olganda, bevosita o‟lchash barcha o‟lchashlarning asosini tashkil etadi. Bilvosita o‟lchashlarni amalga oshirish uchun bevosita o‟lchash natijalaridan foydalaniladi. Masalan, tok kuchi, qarshilik va vaqtni o‟lchab, Joul‟-Lens qonuni asosida elektr zanjirida ajratib chiqayotgan issiqlik miqdorini hisoblash mumkin, ya‟ni (3.1) Birgalikda o‟lchashda bir vaqtning o‟zida ikki yoki bir necha bir xil bo‟lmagan kattaliklar o‟lchanadi va ular orasida bog‟lanish tenglamalari sistemasini yechib, izlanayotgan kattaliklarning qiymati aniqlanadi. Birgalikda o‟lchashlarga misol sifatida rezistorning elektr qarshiligini turli xil 17 temperaturalarda o‟lchab, uning qarshiligini quyidagi tenlamalar sistemasining yechish bilan aniqlash mumkun ,ya‟ni , ( )- , ( )- bunda - rezistorning , temperaturadagi elektr qarshiligi; qarshilikning temperatura koeffisienti; - rezistorning 20 S dagi aniqlanishi zarur bo‟lgan qarshiligi. Majmuiy o‟lchashning mohiyati shundaki ,bunda bir vaqtning o‟zida bir necha bir xil kattaliklar o‟lchanadi va ular asosida tenglamalar sitemasi tuzilib, kattaliklarning qiymatlari aniqlanadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling