Metrologiya asoslari
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat savollari:
1. “O‟lchash” atamasiga qanday ta‟rif berilgan? 2. O‟lchashlar vaqtga bog‟liqligi bo‟yicha qanday turlarga bolinadi? 3. O‟lchanayotgan kattalikni son qiymatini olish usuliga qarab o‟lchashlar qanday guruhlarga bo‟linadi? 4. Bevosita o`lchash deganda nimani tushunasiz? 5. Bilvosita o`lchash deganda nimani tushunasiz? 6. Birgalikda o‟lchash deganda nimani tushunasiz? 7. Majmuiy o‟lchashning mohiyati nimada? 8. Birgalikda o`lchashlarga misollar keltiring. 20 4-AMALIY MASHG`ULOT KATTALIKLARNI O`LCHASH USULLARI Ishning maqsadi: kattaliklarni o`lchash usullarini o`rganish va shu mavzuda masalalar echish. Bevosita o‟lchash usuli - kattalikning qiymati bevosita o‟lchash asbobining ko‟rsatishiga qarab bevosita aniqlanidigan o‟lchash usilidir. Usullar ichidagi eng murakkab, lekin eng aniq usul - bu o‟lchov bilan taqqoslash usulidir. O‟lchov bilan solishtirish usuli - o‟lchanayotgan kattalikni o‟lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash usuli. Masalan, standart raqamli termometr yordamida temperaturani o‟lchash. Bunda o‟lchangan temperatura standart termometr ko‟rsatishi bilan solishtiriladi. Differensial o‟lchash usuli-o‟lchov bilan taqqoslash usulining turi xisoblanib, o‟lchanayotgan kattalikning va o‟lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini o‟lchash asbobiga ta‟sir qilish usulidir. Masalan, uzunlik o‟lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‟lchov bilan taqqoslab o‟tkaziladigan o‟lchashdir. Yoki, rakamli vol‟tmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‟lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma‟lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi va quyidagicha o‟lchashlar olib boriladi: , (4.1) . bilan kattaliklarning qiymati bir biriga qanchalik yaqin bo‟lsa, o‟lchash natijasi ham shunchalik aniq bo‟ladi. Nolga keltirish usuli - bu ham o‟lchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanidi. Bunda o‟lchanadigan kattalikning va o‟lchovning taqqoslash asbobiga bo‟lgan ta‟siri natijasini nolga keltirish lozim bo‟ladi. Almashlash usuli - o‟lchov bilan taqqoslash usuli bo‟lib , bunda o‟lchanadigan kattalik o‟lchov orqali yaratilgan ma‟lum qiymatli kattalik bilan 21 o‟rin almashtiriladi, masalan, qarshiliklar magazini yordamida aniqlanishi kerak bo‟lgan rezistorning qarshilgini aniqlash, ya‟ni ; ; (4.2) bundan quyidagi relib chiqadi: . (4.3) Kattaliklarni o„lchash ikkiga bo„linadi: texnik va laboratoriya usulidagi o‘lchash: Texnik o‘lchashlar ishlab chiqarish korxonalarida bajarilib, uncha yuqori aniqlikka ega emas, ammo texnologik jarayon uchun qoniqarli hisoblanadi va korxona ish sharoiti talabalariga javob beradigan o„lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Laboratoriya usulidagi o‘lchash amallari maxsus sharoitga ega bo„lgan laboratoriYa xonalarida zamonaviy, aniqlik darajasi yuqori bo„lgan o„lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu usuldagi o„lchash amallari ilmiy- tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida, o„lchash vositalarini tekshirish (qiyoslash) va detallarga yuqori aniqlik bilan ishlov berish talab etilganda, dastgohlarni ishga sozlash jarayonlarida bajariladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling