Mexanika-mashinasozlik


Uzluksiz ishlaydigan ideal aralashish reaktorlari


Download 1.25 Mb.
bet19/21
Sana02.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1147664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Modda almashinish

Uzluksiz ishlaydigan ideal aralashish reaktorlari. Ideal aralashish reaktorlarida material hajmining hamma nuqtalarida va vaqt o‘tishi bilan konsentratsiyalar o‘zgarmasdir. Bunday turdagi reaktorlar uchun s - diagramma keltirilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, bunday qurilmalarda konsentratsiya boshlang‘ich qiymat sA dan oxirgi konsentratsiya sA=sox ga bir zumda tushadi. Ushbu holat, birinchi darajali reaksiyalar uchun moddalar o‘zaro ta’sir vaqti va reaktorning ishchi hajmi ushbu tenglamalardan topiladi:

bu yerda xox - qurilmadagi modda konsentratsiyasi (sA=sox); V - vaqt ichida qayta ishlangan hajm.
Ma’lumki, ideal aralashish qurilmalari juda kichik foydali ish koeffitsienti bilan xarakterlanadi. Demak, boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, uning hajmi maksimal qiymatga ega.
Ideal aralashish reaktorlar kaskadi. Ideal aralashish qurilmalarining foydali ish koeffitsientini oshirish maqsadida ulardan kaskad qilinadi. Kaskaddagi reaktorlar sonini aniqlash uchun grafik usulidan foydalanish maqsadga muvofiq (5.30-rasm). Birinchi darajali reaksiya uchun birinchi reaktorda boshlang‘ich aylanish darajasi xb dan x1 gacha oshadi. Unda, abc uchburchakdan:

bu yerda w=x/ - reaksiya tezligi; tg - bc chizig‘ining reaksiya tezligi o‘qiga qiyaligi;

Nuqta b dan abssissa o‘qi bilan kesishguncha to‘g‘ri chiziq o‘tkazib, konsentratsiya x1 ni topamiz. Shu nuqtadan tezlik egri chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkazib d nuqtani aniqlaymiz. Hosil qilingan d nuqtadan burchak ostida abssissa o‘qi bilan tutashguncha to‘g‘ri chiziq o‘tkazib x2 topamiz. Xuddi shuni bir necha marta qaytarsak, xb-xox oraliqda siniq, pog‘onali chiziq hosil bo‘ladi.


Siniq chiziqdagi pog‘onalar soni kaskaddagi reaktorlar sonini bildiradi. Grafikdagi burchak quyidagicha aniqlanadi:



Lekin, = Va/V , demak

Odatda, hisoblashlarni o‘tkazish uchun V ning qiymati berilgan bo‘ladi. Va ning qiymati esa, tanlab olinadi, so‘ng pog‘onali siniq chiziq quriladi va undan kaskaddagi reaktorlar soni topiladi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling