Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet63/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Amaliyotdan misollar_____________________________________________
Gazlar past issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega, shuning uchun u issiqlik izolyatori sifatida, ya’ni issiqlik o‘tkazmovchi sifatida ishlatiladi: deraza romlari, g‘ovakli materiallar, kiyim-kechak (materialda qancha ko‘p havo bo‘shlig‘i bo‘lsa, shunchalik yaxshi izolyatsiya qiladi ). Zargarlar soxta olmoslarning issiqlik o‘tkazuvchanligi haqiqiynikiga qaraganda ancha past ekanligini bilishadi. Metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi gazlarga qaraganda ancha yuqori, shuning uchun samarali issiqlik uzatish moslamalari (isitish batareyalari, sovutish radiatorlari va boshqalar) hisoblanadi.
Jism odatda sirtidan isitiladi, u erdan issiqlik hajmga «oqadi».
Shu nuqtai nazardan, masalan, raketaga qarshi mudofaa tizimidagi lazer qurolining ta’siri lazer impulsining ta’sir vaqti va kema yoki raketa qobig‘i temperaturasining relaksatsiya vaqtiga bog‘liq. Agar bo’lsa, u holda vaqt davomida faqat sirtqi qism eriydi va bug‘langan material orqaga qaytishni hosil qiladi - reaktiv zarb yuzaga keladi. Agar bo‘lsa, u holda devor qismining yonishi sodir bo‘ladi.
________________________________________________________________
Savol. Qurol stvolida gazning temperaturasi ~ 3000°С bo‘lib, po‘latning erish temperaturasi (1400°С)dan, ancha ko’p. Nega stvol erimaydi?
Javob. Snaryad stvolni vaqtdan ancha qisqa vaqt ichida tark etadi.
Porox gazlarining bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘lgandan keyin stvol ichida uning arjimas darajadagi kichik qismi qoladi. Biroq, otishning yuqori tezligida, ayrtim issiqlik impulslari sezilarli o‘rtacha komponentni hosil qiladi va bunday holda stvol kuchli qizishi mumkin. Bunday hollarda stvol sovuguncha kutish yoki maxsus sovutish tizimlaridan foydalanish kerak.

Qishda dT/dx temperatura pasayishining oshishi tufayli issiqlikni yo‘qotish darajasi yuqori. Binobarin, stvolning temperaturasi va shunga mos ravishda porox gazlarining bosimi kamayadi. Bu o‘qning boshlang‘ich tezligi va qurolning FIK ga ta’sir qiladi. Qishda ham xuddi yozdagidek uzoqqa otadigan qurollarga ega bo‘lish uchun ovchilar qish uchun mo‘ljallangan stvollardan foydalanadilar, ular yozdagidan bir necha santimetr uzunroq bo‘ladi, va snayperlar esa havo temperaturasi bo‘yicha uzoqlikka tuzatishlar kiritadilar (tegishli jadvallar bo‘yicha). Jismlarning harakati tufayli ham issiqlik muvozanati buziladi.





Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling