“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni
Mehnat kooperatsiyasining mohiyati va turlari
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
ME\'YOR DARSLIK (2)
10.4.Mehnat kooperatsiyasining mohiyati va turlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda (ijtimoiy yoki xususiy sektorligidan qat’i nazar) ixtisoslashtirilgan ijrochilar jamoasining birlikdagi mehnati bilan mahsulot ishlab chiqariladi yoki xizmat ko’rsatiladi. 98 Mehnatni tashkil qilishning muayyan, pirovard mahsulot olishga qaratilgan bitta mehnat jarayonida yoki o’zaro bog’liq turli mehnat jarayonlarida ko’p ijrochilar birgalikda va rejali ravishda ishtirok etadigan shakli kooperatsiya deb ataladi. Yakka hunarmandchilikka nisbatan kooperatsiyada mehnatning ijtimoiy samaradorligini oshiruvchi qator afzalliklar bor. Bulardan asosiylari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish vositalari (imorat, jihozlar, asbob- uskunalar) birgalikda ishlatilishi natijasida ularning tejalishi, yakka kishi kuchi va malakasi yetmaydigan ishlarni, xizmatlarni bajarish (og’ir, qo’pol, ko’tarish va tashish noqulay yuklarni ko’tarish va tashish hamda murakkab ishlarni bajarish) imkoniyati, ayrim shaxslarning ma’lum bir ishni yoki xizmat ko’rsatishni bir qancha ijrochilar bilan birgalikda bajarganlarida, har birining shaxsiy ish qobiliyatini oshiradigan quvvatini (energiyasini) alohida ravishda orttirishga sabab bo’ladi. Natijada mehnat faolligining ortishi, pirovard – natijaga tez yetishish, birgalikda ishlashni tashkiliy kombinatsiyalash (masalan, mashinaning ehtiyot qismlarini tashib borish o’rniga ularni qo’lma-qo’l uzatish), dolzarb paytlarda (qishloq xo’jalik ekinlari hosilini yig’ib - terib olish paytlarida) ko’plab odamlarni ishga jalb etish kerkak bo’ladi. Bunday hollarda mehnat samaradorligi mehnat qurollari o’zgarmay turib, birgalashib va bir - birlariga qiziqishib harakat qilish evaziga oshadi. Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllarni tanlash – mehnatni tashkil qilishning mehnat taqsimotidan keyingi, ikkinchi muhim masalasidir. Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling