99
Sexlarning mavjud ixtisoslashish va tashkil etilishi printsiplariga qarab
sanoat korxonalaridagi mehnat kooperatsiyasi ko’p jihatdan
umumiy xarakterdagi
turli shakllar kasb etadi. Masalan, har bir korxonaning asosiy va yordamchi sexlari
bo’ladi. Yordamchi sexlarning jamoalari asosiy ishlab chiqarish sexlaridagi
jamoalarga xizmat ko’rsatadilar, ya’ni ularni asbob-uskunalar va moslamalar bilan
ta’minlaydilar, ulardagi asosiy texnologik asbob-uskunalarni o’z
vaqtida
ta’mirlaydilar va h.k.lar.
Asosiy sexlar va ularni materiallar, idish va h.k.lar bilan ta’minlab turuvchi
ko’makchi bo’limlar, sexlar o’rtasidagi mehnat kooperatsiyasi ham xuddi shunday
bo’ladi. Har bir korxonada asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlov berish va
ishlab chiqarish sexlari o’rtasida mehnat kooperatsiyasi mavjud. Sexlararo bunday
mehnat kooperatsiyalari shunga asoslanadiki, tayyorlov
sexlarining jamoalari
ishlov berish sexlarini zarur yarimfabrikatlar bilan ta’minlab turadilar,
yarimfabrikatlar
bu sexlarda ishlanib, ishlab chiqarish sexiga o’tkaziladi,
ishlab
chiqarish sexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib bo’ladi.
Mazkur
sexlar o’rtasida mustahkam mehnat kooperatsiyasi,
bugungi jamoalarning mehnat
faoliyatida to’la uyg’unlik bo’lgan taqdirdagina istagan korxonada rejali ravishda
uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish ta’min etiladi.
Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning sex ishlab chiqarishidagi mehnat
kooperatsiyasi. Bu sex ishlab chiqarishidagi bir necha uchastka jamolarining bir
xil ishlab chiqarish jarayonida yoki har xil bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab
chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: