90
amalining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus bolt tayyorlashning
texnologik jarayoni temirchilik – metall toblash, chilangar (tokar) – yo’nish, naqsh
solish, frezerlik – bolt boshidagi qirralarini frezerlash amallaridan iborat bo’ladi.
Mehnat taqsimotining asosiy
ustunliklaridan biri shundaki, bunda xodim
ishning, xizmatning ma’lum bir turida ixtisos topadi,
shu ishning bajarilish
texnikasini va tartibini puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul
va uslublarini yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob-uskunalar va
moslamalar ishlatiladi.
Bundan tashqari mehnat taqsimotida xodimlarni u yoki bu soha, yo’nalish
bo’yicha tayyorlash ham osonroq kechadi.
Makro va mikroiqtisodiyot ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat
taqsimotining uchta darajasi mavjud: umumiy mehnat taqsimoti;
hususiy
mehnat taqsimoti; qisman mehnat taqsimoti.
Do'stlaringiz bilan baham: